wrapper

Yangiliklar

NamDU - Maqolalar sana bo'yicha tartiblangan: Yanvar 2017

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 yanvardagi 3-sonli yig‘ilishi bayoni, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2017 yil 19 yanvardagi 22-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash yuzasidan 2017 yil 30 yanvar kuni Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavallud topgan sana munosabati  bilan “Siz hamisha qalbimizda mangu yashaysiz” nomli tadbir o‘tkazildi. Tadbirni fakultet dekani N.B.Dexkanov kirish so‘zi bilan ochib berdi va Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotida tutgan salmoqli o‘rni va ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy faoliyati bilan tanishtirdi.

Assalomu alaykum hurmatli hamsblar, aziz talabalar!
Bugun, mazkur dargohda, barchamiz uchun qadrli bo‘lgan birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavallud topgan sana munosabati bilan yig‘ilib turibmiz.

Mustaqil taraqqiyot yillarida mamlakatimizda erishilayotgan eng katta yutuqlardan biri, shubhasiz, fuqarolik jamiyati institutla¬rining jadal shakllanayotgani, jumladan, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyat va davlat qurilishi tizimidagi huquq hamda vakolatlarining muntazam ravishda kengayib borayotganida o‘zini namoyon etmoqda. Ushbu ma’noda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ilgari surilgan “xalq bilan muloqot” g‘oyasi jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni moder¬ni¬za¬tsiyalash hamda isloh etish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, ayniqsa fuqarolarning huquq va erkinliklarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi amaliy ishlarning navbatdagi bosqichini boshlab berdi.

AQShda o‘qituvchilar uchun xalqaro malaka oshirish (TEA) dasturi o‘tkazilmoqda. Unda o‘zbekistonlik o‘qituvchilar - Hakimxo‘jayev Nodir, Erqulova Feruza va Hamrayeva Nargiza ham ishtirok etmoqda. Dastur doirasiga dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan malakali o‘qituvchilar bilan tajriba almashish, AQSh universitetlarining bir nechtasida olti haftalik malaka oshirish va Qo‘shma Shtatlardagi o‘rta maktablarda amaliyot o‘tkazish kiradi.

Page 1 of 12

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.