wrapper

Yangiliklar

NamDU - Maqolalar sana bo'yicha tartiblangan: Fevral 2017
Dushanba, 27 Fevral 2017 00:00

Talaba qizlar uchun yangi forma taqdimoti

       Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Ijtimoiy-madaniy faoliyat yo’nalishi talaba qizlar uchun yangi forma taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2017 yil 27 fevral kuni Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetining Ijtimoiy-madaniy faoliyat  yo‘nalishida talabalar uchun navbatdagi alohida forma taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Fakultetning iqtisodiyot yo‘nalishida o‘tgan o‘quv yilida bu tartib joriy etilgan bo‘lsa, ijtimoiy-madaniy faoliyat yo‘nalishi ushbu an'ana davom ettirildi.

Fakultet dekani N.Dexkanov, Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi mudiri O.Topildiyev va M.Tojiahmedovalar ijtimoiy-madaniy faoliyat yo’nalishida tahsil olayotgan talaba qizlar uchun ushbu formaning taqdimotini o‘tkazishdi. Mazkur forma barcha talaba qizlar uchun qulayligi, arzonligi va chiroyli ekanligi bilan ma'qul keldi.

Yo’nalishning guruh rahbarlari 2017 yil 1 martdan boshlab talaba qizlar ushbu ko‘rinishdagi formada o‘quv jarayonida ishtirok etishlari bo‘yicha kelishib olishdi. 

Fakultet dekani                                  N.Dexkanov

Joriy yilning 21-24-fevral kunlari Namangan davlat universiteti, jismoniy madaniyat fakultetining 103-o’quv xonasida I – II – III – IV - bosqich talabalarga “O’zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlashda missionerlik va prozelitizm muammosi” mavzusida ma’ruza tashkil etildi. Dastlab talabalarga o’zbek kino aktiyorlari tomonidan maxorat bilan ijro etilgan “Arosat” deb nomlangan video film taqdim etildi. Filmdan so’ng fakultet dekani S.V.Azizov film yuzasidan, diniy sektalarni va missionerlikning mazmun mohiyati faoliyati yuzasidan fakultetimiz talabalariga gapirib berdi.

So’ngra ushbu mavzu yuzasidan Milliy istiqlol g’oyasi kafedrasi katta o’qituvchisi B.Tillaev ma’ruza o’qidi. Bunda “O’zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlashda missionerlik va prozelitizm muammosi” mavzusida va xalqaro xristian missiyalari, missionerlikning uslublari va vositalari yuzasidan tushunchalar, harakatning maqsadi hamda vazifasi, uni tashkil topishi, uni rivojlanish bosqichi, u qanday ko’rinishlarda bo’lishi va uni yoshlar ongiga ta’siri yuzasidan ma’ruza qildi.

Shundan so’ng talaba yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga jumladan I-bosqich talabalardan Sh.Abdullaeva hamda A.Nizambaevlar, II-bosqich talabalaridan Sh.Tillaev, B.Isroilov hamda B.Maxmudovlar, III-bosqich talabalaridan M.Abbosov hamda M.Raxmonalievlar va IV-bosqich talabalaridan esa A.Tillaev, O.Zokirov hamda O.Qodirovalar professor-o’qituvchilardan to’laqonli javoblar oldilar.

Muallif R.Dadaboev

Juma, 24 Fevral 2017 00:00

“Zamonaviy olima ayol qiyofasi“

Namangan davlat universitetida 2017 yil 23 fevral kuni universitet xotin-qizlar qo’mitasining jamoamizda faoliyat olib borayotgan barcha fakultet pedagog-ayollari bilan munozarali uchrashuvi bo’lib o’tdi. Mazkur ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor A. Isoqboev, ichki nazorat bo’limi boshlig’i Z.Abdullaevlar ishtirok etishdi .

Davra suxbatini NamDU xotin-qizlar qo’mitasining raisi f.f.d. X.Usmonova ochdi va bugungi uchrashuvning maqsad va vazifalari, kun tartibidagi masalalar, bo’lib o’tayotgan mazkur tadbir davlat dasturi “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ga bag’ishlanishini eslatib o’tdi, so’ngra so’zni universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori A. Isoqboevga berdi.

Universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori A. Isoqboev o’z so’zida universitetda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning kiyinish madaniyati, talaba qizlarimiz odob-axloqi xususida gapirib o’tdi. X.Usmonova tomonidan yaqin kunlarda joriy etilajak pedagog ayollarimiz va talaba qizlarimiz uchun aloxida formaga o’tilishi zarurligi ta’kidlab o’tildi.

Universitet ichki nazorat bo’limi boshlig’i Z.Abdullaev bo’lib o’tayotgan sessiya paytida nojo’ya xolatlarga yo’l qo’ymaslik va bunday xolatlarning oldini olish masalasiga aloxida to’xtalib o’tdi.Bundan tashqari tadbir ishtirokchilari bo’lgan pedagog- ayollar xam ayni kunlarda o’zlarini qiziqtirayotgan savollari, aloxida takliflari va muloxazalarini bildirdilar.

Kafedra mudirlaridan M.Maxsudova,O.Abdieva, o’zbek-tili va adabiyoti kafedrasi dottsenti F.Karimovalar ayollarimizga bugungi davra suxbatidan asosiy ko’zlangan maqsad va masalalar bo’yicha o’z fikrlarini va talablarini xam aytib o’tdilar.

Shuningdek, yig’ilishda asosiy e’tibor universitetda faoliyat olib borayotgan pedagog -ayollar ilmiy ishlari, izlanishlari xozirgi davrning eng muxim talablaridan biri ekanligi va uning maqsad va vazifalariga qaratildi. Universitet xotin-qizlar qo’mitasining raisi f.f.d. X.Usmonova, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori A. Isoqboevlar tomonidan kun tartibida ko’rsatilgan professor-o’qituvchi ayollar va talaba qizlarimizning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o’zaro munosabatlari, talaba qizlarning odob-axloqqa oid majburiyatlari, talabalar odob-axloqida ma’n etiladigan holatlar bo’yicha yig’ilganlarga alohida tushunchalar berildi.

Ochiq muloqot tarzida o’tgan ushbu tadbirda professor-o’qituvchi ayollar xam o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojat etishdi va tegishli javoblar olindi.

 Yig’ilish so’ngida NamDU ma’naviy –ma’rifiy ishlari bo’yicha prorektori A.Isoqboev ,universitet xotin-qizlar qo’mitasining raisi f.f.d. X.Usmonovalar ishtirokchilarga bugungi mazmunli takliflar,muloxazalar uchun tashakkur bildirdi, xamda universitet professor-o’qituvchi ayollari o’zlarining ta’lim jarayoni va jamoat ishlarida faolliklari bilan doimo namuna bo’lishliklari haqida ishonch bildirdilar.

 

NamDU xotin –qizlar qo’mitasi raisi X.Usmonova

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining quyi bo‘g‘inlari, bugun ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarning ta’limiy-tarbiyaviy hamda ilmiy-ma’rifiy jarayonlarda ilg‘or bo‘lishiga ko‘maklashib kelmoqda. Namangan davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti ham, o‘quv yili davomida talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning manfaatlarini har tomonlama himoya qilish bo‘yicha qator loyiha va tadbirlarni amalga oshirib bormoqda.

Page 1 of 9

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.