wrapper

Yangiliklar

NamDU - Maqolalar sana bo'yicha tartiblangan: Mart 2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Halq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi”ning 100-bandi hamda O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 15 martdagi 87-02-884- sonli  xati  ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yil 30 mart kuni Namangan davlat universiteti fakultetlari o‘rtasida  “Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovini  saralash bosqichi o‘tkazildi.

Pedagogika fakulteti Musiqiy ta’lim kafedrasi va Namangan pedagogika kolleji bilan hamkorlikda 2017 yil 30 mart kuni “Uch avlod uchrashuvi” deb nomlangan ijodiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad kollej bosh o‘qituvchisi iste’dodli cholg‘uchi - pedagog Tolibjon Dadaboyevning uzoq yillar mobaynidagi ijodkorlik faoliyati nazarda tutilgan.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”ning 289 va 292-bandlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2017 yil 4 martdagi 125-sonli buyrug‘i ijrosi bo‘yicha Namangan davlat universitetida har oyning oxirgi juma kuni - “Salomatlik kuni” deb elon qilingan.

2017 yil 30 mart kuni Ijtimoiy – iqtisodiy fakultetida hamkor tashkilotlar bilan “Voyaga yetmaganlar huquqlari muhofazasi asoslari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i U.Jamalov, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi mutaxassisi A.Mamatov, Yangiqo’rg‘on tuman IIB xodimi B.Chuboyeva, falsafa fanlari nomzodi, dotsent D.Raximboyeva, katta o‘qituvchi O.Chuboyeva va fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Page 1 of 9

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.