wrapper

Yangiliklar

Juma, 10 Fevral 2017 00:00

“Boshlang’ich ta`lim metodikasi” kafedrasi tomonidan 2016/2017-o`quv yilida olib borilayotgan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar haqida

Pedagogika  fakulteti “Boshlang’ich ta`lim metodikasi” kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan 2016-2017-o`quv yilida rejalashtirilgan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar reja asosida  amalga oshirib kelinmoqda.  Masalan 2016-yilning 29-avgust kuni “Boshlang’ich ta`lim metodikasi” kafedrasida faoliyat olib borgan  va bugungi kunda   nafaqa gashtini surayotgan filologiya fanlari nomzodi, dotsent Qozoqov Dehqonboy xonadoniga kafedra professor-o`qituvchilaridan “Boshlang'ich ta'lim metodikasi” kafedrasi  mudiri, fizika-matematika fanlari nomzodi T.Abdullayev  boshchiligida kafedra professor-o’qituvchilaridan filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Hamidova, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent N.Uluxujayev, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent  M.Holmurodov, o`qituvchilar B.Abdurahmonov, R.Lutfetdinova,  B.Qo’chqarov, N.Qirg’izov, M.Shermatova,  M.To’raboyevalar tashrif buyurishdi hamda uni O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi bilan universitet, fakultet hamda kafedra tomonidan tayyorlangan sovg’alar bilan taqdirlab, bir piyola choy ustida suhbatlashdilar.

2016-yilning 31-avgust kuni  Namangan davlat universiteti “Boshlang’ich ta'lim metodikasi”  mudiri T.Abdullayev,  filologiya fanlari nomzodi,dotsent M.Hamidova, professor-o`qituvchilar  B.Abdurahmonov, R.Lutfetdinova, M.Shermatova, M.To`raboyevalar Namangan davlat universitetida ishlab, bugungi kunda  nafaqa gashtini surayotgan Namangan shahar, Temiryo’l ko’chasi, 41-xonadonda istiqomat qilayotgan Karima xolaning uyiga tashrif buyurishdi va uning holidan xabar olishdi.

“Boshlang’ich ta`lim metodikasi” kafedrasi professor-o’qituvchilari universitetning nafaqadagi xodimasi Musaboyeva Karimaxon xolaga  universitet, fakultet hamda kafedra tomonidan tayyorlab yuborilgan sovg’alarni  topshirgan holda  uni va oila  a`zolarini O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi bayrami bilan tabrikladilar. Musaboyeva Karima xola  o’ziga bo’lgan ushbu  e`tibordan to’lqinlagan holda  yurtimizda olib borilayotgan ana shunday  tinchlikparvar siyosat, nafaqadagi  u  kabi insonlarga  bo’lgan e`tibor, shuningdek, universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor A.V.Umarov tomonidan nafaqadagi xodimlarga bo’lgan e`tibordan xursand ekanligini ko’zlarida  yosh bilan e`tirof  etib, barcha  shu  xonadonga  tashrif buyurgan professor-o’qituvchilarni o’zi kabi nafaqaga  chiqqanida  ham e`tiborga ega bo’lib yurishlarini aytib duo qildi.

2016-yil 31-avgust kuniNamangan davlat universiteti Pedagogika fakultetida fakultet dekani, dotsent X.Mavlyanov, dekan o`rinbosari U.To`raxonov, “Boshlang'ich  ta'lim metodikasi”  kafedrasi  mudiri, fizika-matematika fanlari nomzodi T.Abdullayev,  filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Hamidova, professor-o`qituvchilar B.Abdurahmonov, R.Lutfetdinova,   B.Qo’chqarov, N.Qirg’izov, M.Shermatova, Sh Ho’jamberdiyeva, M.To’raboyevalar 2016-o`quv yilida boshlang’ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish yo`nalishi, 1-kursiga yuqori ball to`plab byudjet asosida o`qishga qabul qilingan talaba Zarnigor Madaminovaga universitet rektori tomonidan taqdim etilgan  faxriy yorliqni topshirdilar
      
2016-yil 20-sentabr kuni Namangan viloyati Mingbuloq tumanida Namangan davlat universiteti  “Boshlang'ich ta'lim  metodikas”i  kafedrasi mudiri, f.-.m.f.n. T.Abdullayev, f.f.n., M.Hamidova, o’qituvchilar B.Qo’chqarov, Sh.Ma'qulov, M.Shermatova, N.Qirg’izov, A.Toshxonov, G’.Hamdamovlar hamda boshlang’ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish yo`nalishi talabalari “Paxta-milliy boyligimiz” mavzusida davra suhbati o’tkazishdi. Ushbu davra suhbati kafedra dotsenti, filologiya fanlari nomzodi M.Hamidova va o`qituvchi B.Qo`chqarovlar tomonidan tashkil etib o`tkazildi.
                             
2016-yil 1-oktabr kuni Namangan viloyati Mingbuloq tumanida Namangan davlat universiteti   o’quv ishlari bo’yicha  prorektor D.Boytillayev, ilmiy ishlar  bo’yicha prorektor M.Qodirxonov, “Boshlang'ich ta'lim  metodikasi” kafedrasi mudiri T.Abdullayev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent  M.Hamidova, o’qituvchilar R.Lutfetdinova, B.Abdurahmonov, A.Inomiddinov, N.Qirg’izov,   Sh.Xo`jamberdiyeva, Sh.Ma'qulov,  A.Toshxonov hamda  boshlang’ich ta`lim                             va sport tarbiyaviy ish yo`nalishi  talabalari tomonidan   “1-oktabr ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan  “Ustozlarni qadrlaymiz” mavzusida tadbir o’tkazildi. Ushbu tadbir “Boshlang’ich ta'lim metodikasi” kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari nomzodi T.Abdullayev va filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Hamidovalar mas`ulligida tashkil ejtib o`tkazildi.
     
2016-yil 21-oktabr kuni  Namangan viloyati Mingbuloq tumanida Namangan davlat universiteti  “Boshlang'ich ta'lim  metodikasi” kafedrasi                             mudiri, fizika-matematika fanlari nomzodi. T.Abdullayev, filologiya  fanlari nomzodi, dotsent M.Hamidova, professor-o’qituvchilar                            B.Qo’chqarov, M.Shermatova,  N.Qirg’izov, Sh.Ma'qulov,  A.Toshxonov                            hamda  boshlang’ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish yo`nalishi talabalari                            va taklif etilgan mehmonlar ishtirokida “Til-millat  ko’zgusi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Ushbu tadbir kafedra dotsenti, filologiya fanlari nomzodi M.Hamidova mas`ulligida tkshil etib o`tkazildi.
      
2016-yil 27-dekabr kuni Namangan davlat universiteti PEdagogika fakultetining 8-zalida Pedagogika fakulteti dekani, dotsent                         X.Mavlyanov, dekan o’rinbosarlari M.Asranboyeva, Sh.Ma`qulov,“Boshlang'ich ta'lim  metodikasi” kafedrasi  mudiri, fizika-matematika fanlari nomzodi T.Abdullayev, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent M.Holmurodov,  filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Hamidova, pedagogika fanlari nomzodlari, dotsentlar M.Nishonov, X.Rahmatova, M.Maxsudova, professor-o’qituvchilar B.Qo’chqarov, B.Abdurahmonov, Sh.Xo’jamberdiyeva, R.Lutfetdinova,  G.Insopova,   M.Shermatova,  N.Qirg’izov, Sh.Ma'qulov, N.Sharipova,    M.To’raboyeva,  G’.Hamdamov, A.Toshxonov, Filologiya fakulteti “O`zbek tili fa adabiyoti” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi O.Karimov va talabalar tomonidan  “Mohiru mehru mahorat” mavzusida tadbir o’tkazildi. Mazkur tadbir filologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar O.Karimov  va M.Hamidovalar mas`ulligida tashkil etib o`tkazildi.
              
Namangan davlat universiteti Pedagogika fakulteti dekani, dotsent X.Mavlyanov  o’zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga unutilmas hissa qo’shgan shoir va adib, taniqli davlat arbobi, O’zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov ijodiy merosining yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan ahamiyatini inobatga olib hamda shoir tavalludining 80 yilligini keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirish maqsadida 2016-yil 7-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash to’g’risida”gi qarori qabul qilingan edi. Ushbu qaror ijrosi bo’yicha yurtimizda shoir tavalludining 80 yilligi keng nishonlanmoqda. Jumladan, 2016-yilning 20-dekabr kuni Namangan davlat universitetining faollar zalida “Boshlang’ich ta`lim metodikasi” kafedrasi qoshida tashkil etilgan filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Hamidova rahbarligida faoliyat olib borayotgan “Ilhom chashmalari”, o’qituvchi Sh.Xo’jamberdiyeva rahbarligida faoliyat olib borayotgan “Yosh notiq” to’garagi a`zolari hamda pedagogika fakulteti iqtidorli talabalri ishtirokida “To quyosh sochgayki nur” mavzusida tadbir o’tkazilganligi, 2016-yil 28-dekabr shoir tavallud topgan kun munosabati bilan “Boshlang’ich ta`lim metodikasi” kafedrasi dotsenti, fidologiya fanlari nomzodi M.Hamidova  hamda “O`zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi O.Karimovlar tomonidan “Mohiru mehru mahorat” mavzusida tadbir o’tkazish rejalashtirilganligi xususida fikr yuritib tadbirni ochib berdi.
“O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi O.Karimov “Mumtoz adabiyot va Erkin Vohidov”, filologiya fanlari nomzodi, dotsent  M.Hamidova “Erkin Vohidovning badiiy mahorati” mavzularida ma`ruza qildilar.
Tadbir davomida “Boshlang’ich ta`lim metodikasi” kafedrasi qoshida filologiya fanlari nomzodi,dotsent M.Hamidova rahbarligida faoliyat olib borayotgan “Ilhom chashmalari” to’garagi a`zolari hamda  pedagogika fakulteti iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan musiqali ko’rinishlar namoyish etildi.
                    
2017-yil 7-yanvar kuni “Boshlanғich ta`lim metodikasi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi M.Hamidovaning Namangan  viloyati “Yoshlar markazi” da O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining  25 yilligi hamda 14-yanvar’-Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan “Askar onalarini sharaflaymiz!” mavzusida o`tkazilgan madaniy-ma`rifiy tadbirdagi ishtiroki

2017-yilning 16-yanvar kuni universitetning faollar zalida pedagogika fakulteti iqtidorli talabalari va “Ilhom chashmalari” to`garagi a`zolari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 25 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo`riqlaydi Vatanni” mavzusida ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazildi.
“Mardlar qo`riqlaydi Vatanni” mavzusida o`tkazilgan ma`naviy-ma`rifiy tadbirni boshlang’ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish yo`nalishi, 204-guruh talabasi Qurbonova Maftuna va musiqiy ta`lim yo`nalishi, 313-guruh talabasi Soyibnazarov Yashnarlar olib borishdi. Tadbir davomida boshlang’ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish yo`nalishi, 2-kurs talabalaridan Tursunov Sardor, Qambaraliyev Jobir, Yunusova Saodat, Toshmirzayeva Sadoqat, Matkarimova Shaxnoza, Ibrohimova Dildora, Kamolova Sevara, Valiyeva Mavluda, Oppoqova  Iroda, Tojiboyeva Mahliyo, Qambarova Muharram, Abdulxayev Abduvohidlar  o`zlarining Vatan himoyachilariga bag’ishlab yozgan tabrik she`rlarini ifodali o`qib berdilar hamda qiziqarli sahnaviy ko`rinishlar namoyish etishdi  va raqslar, qo`shiqlar ijro etdilar.

Namangan davlat universiteti “Boshlang’ich ta`lim  metodikasi” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Hamidova Muhayyoxon  barcha tadbir ishtirokchilari hamda tadbirda ishtirok etayotgan professor-o`qituvchilarni, talabalarni,  taklif etilgan mehmonlarni kirib kelgan 2017-yil bilan tabriklab, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbuslari bilan e`lon qilingan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” barchaga olam –olam quvonch olib kelishini tilab tadbirni ochib berdi

“Mardlar qo`riqlaydi Vatanni” mavzusida o`tkazilgan ma`naviy-ma`rifiy tadbirni boshlang’ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish yo`nalishi, 204-guruh talabasi Qurbonova Maftuna va musiqiy ta`lim yo`nalishi, 313-guruh talabasi Soyibnazarov Yashnarlar olib borishdi.

“Mardlar qo`riqlaydi Vatanni” ma`naviy-ma`rifiy” tadbir davomida boshlang’ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish yo`nalishi, 2-kurs talabalaridan Toshmirzayeva Sadoqat, Matkarimova Shaxnoza, Ibrohimova Dildora, Kamolova Sevara, Valiyeva Mavludalar  o`zlarining Vatan himoyachilariga bag’ishlab yozgan tabrik she`rlarini ifodali o`qib berish jarayonidan lavha

Boshlang’ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish yo`nalishi, 2-kurs talabalaridan Toshmirzayeva Sadoqat, Ibrohimova Dildora, Kamolova Sevara, Yunusova Saodat, Oppoqova Irodalar tomonidan sahnaviy ko`rinish namoyishi

Boshlang’ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish yo`nalishi, 2-kurs talabalaridan Tursunov Sardor va Abdulxayev Abduvoxidlar tomonidan sahnaviy ko`rinish namoyishi

Boshlang’ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish yo`nalishi, 2-kurs talabalaridan Tursunov Sardor,  Ibrohimova Dildora, Qambarova Muharramlar tomonidan sahnaviy ko`rinish namoyishi

Boshlang’ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish yo`nalishi, 2-kurs talabalaridan Qambaraliyev Jobir  va Tojiboyeva Mahliyolar tomonidan  qo`shiq va raqs namoyishi

Boshlang’ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish yo`nalishi, 2-kurs talabalaridan Ibrohimova Dildora, Oppoqova Irodalar tomonidan sahnaviy ko`rinish namoyishi

“Mardlar qo`riqlaydi Vatanni” mavzusida o`tkazilgan ma`naviy-m`rifiy tadbirda ishtirok etayotgan pedagogika fakulteti professor –o`qituvchilari hamda talabalari

“Mardlar qo`riqlaydi Vatanni” mavzusida o`tkazilgan ma`naviy-m`rifiy tadbir  davomida talabalar  tomonidan yurtimiz sharafiga bag’ishlab ijro etilgan qo`shiq lavhasi

2017-yil  23-yanvar kuni Namangan davlat universiteti “Boshlang'ich ta'lim metodikasi” kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari nomzodi T.Abdullayev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent,  M.Hamidova, pedagogika fanlari nomzodi, katta o`qituvchi Y.Shaamirova, professor-o`qituvchilar B.Abdurahmonov, N.Qirg’izov, M.Shermatova, R.Lutfetdinova, Sh.Xo`jamberdiyeva, A.Inomiddinovlar talabalar turar joyiga navbatchilik qilish va  davra suhbati o`tkazish uchun tashrif buyurishdi kafedra mudiri T.Abdullayev hamda filologiya fanlari nomzodi dotsent M.Hamidovalar “2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” mavzusida davra suhbati o`tkazishdi.

Pedagogika fanlari nomzodi, katta o`qituvchi Y.Shaamirova va professor-o`qituvchilar  R.Lutfetdinova,  M.Shermatova va N.Qirg’izovlar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma`ruzasi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar.

“Boshlang’ich ta`lim metodikasi” kafedrasi professor-o`qituvchilar Sh.Xo`jamberdiyeva, B.Abdurahmonov va A.Inomiddinovlar esa O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo`yicha komissiya tuzish to`g’risida”gi Farmoyishi haqida o`z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
2017-yil 20-yanvar kuni Namangan davlat universiteti “Boshlang’ich ta`lim metodikasi” kafedrasi dotsenti, fidologiya fanlari nomzodi M.Hamidova,                        professor-o`qituvchilar R.Lutfetdinova, Sh.Xo`jamberdiyeva,boshlang’ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish  yo`nalishi, 2, 3-kurs talabalari bilan birgalikda Namangan shahridagi “Namangan  kitob olami” markaziga tashrif buyurishdi.

“Boshlang’ich ta`lim metodikasi” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi M.Hamidova 2017-yil 12-yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot ilish bo`yicha komissiya tuzish to`g’risida”gi farmoyishlari e`lon qilinganligi, ushbu farmoyishda ta`kidlanganidek, mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta`lim muassasalari uchun o`quv adabiyotlari yaratish va o`quvchilarga yetkazishning mustahkam tizimi yaratilganligi, bunda O`zbekistonda ta`lim berilayotgan yettita tilda darslik va o`quv qo`llanmalar nashr etib kelinayotganligi, Axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlarining moddiy-texnika bazasi yangilanib, zamonaviy elektron kutubxonalar tizimlari faoliyat ko`rsatayotganligi, umuman, ushbu Farmoyishda ko`rsatilganidek ishchi guruhlar ikki oy muddatda mutasaddi vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, matbuot va axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi yagona davlat siyosatini yurituvchi vakolatli davlat organini belgilash, moliyaviy qo`llab-quvvatlash mexanizmini rivojlantirishni inobatga olgan holda, tegishli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kirishishganligi, mazkur farmoyishning bajarilishini  O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklanganligi xususida batafsil ma`lumot berib,  talabalarni shu farmoyish ijrosi bo`yicha “Namangan kitob olami” markaziga   olib borib, u yerdagi kitoblar olami bilan tanishtirish rejalashtirilganligi xususida batafsil ma`lumot berdi.

“Boshlang`ich ta`lim metodikasi” kafedrasi  doyenti, filologiya favnlari nomzodi M.Hamidova, professor-o`qituvchilar R.Lutfetdinova va Sh.Xo`jamberdiyevalar “Namangan kitob olami” markazi bilan, u yerdagi  kitoblar bilan talabalarni birma-bir tanishtirib chiqdilar.

2017 -yil 30-yanvar kuni  Namangan davlat universitetining faollar zalida  O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov tavallud kuni munosibati bilan tadbir o`tkazildi. Tadbirda Namangan davlat universiteti  rektori, texnika fanlari doktori, professor A.V.Umarov, Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari  prorektori A.Isoqboyev, siyosiy fanlar doktori, professor T.Fayzullayev, universitet professor-o`qituvchilari hamda talabalari va “Boshlang'ich ta'lim  metodikasi” kafedrasi mudiri, f.-m.f.n. T.Abdullayev, f.f.n., dotsent   M.Hamidova, o’qituvchi  R.Lutfetdinova, boshlang’ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish  yo`nalishi, 3-kurs, BT 46-2014-guruh   talabalar, taklif etilgan                        mehmonlar qatnashdilar.

Namangan davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor A.V.Umarov O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-yanvardagi 3-sonli majlisi bayoni hamda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining 2017-yil 19-yanvardagi “Oliy ta`lim muassasalarida O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov tavallud topgan kun-30-yanvar sanasini nishonlashga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g’risida” gi 22-sonli buyrug’i ijrosini ta`minlash maqsadida Namangan davlat universitetining 2017-yil 24-yanvardagi 25 A/O-sonli “Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining 2017-yil 19-yanvarlagi 22-sonli buyrug’i ijrosini ta`minlash to`g’risida”gi buyrug’i asosida  O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning hayoti, faoliyati hamda boy merosini targ’ib qilish bo`yicha  universitetda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilganligi, ushbu reja asosida ushbu tadbir tashkil etib o`tkazilayotganligi xususida ma`lumot berib tadbirni ochib berdi.
Namangan davlat universiteti professor, s.f.d. T.Fayzullayev  O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ibratli hayot yo`li va boy merosi haqida ma`ruza qildi.

O'qilgan: 280 marta So'ngi o'zgartirish: Juma, 10 Fevral 2017 17:26

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.