wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 30 Mart 2017 00:00

INTERNATIONALISATION AND MODERNISATION OF EDUCATION AND PROCESSES IN THE HIGHER EDUCATION OF UZBEKISTAN

Joylashtirdi: 

Wider Objective:

To contribute to the internationalization and further enhancement of Quality Assurance System in the Higher Education of Uzbekistan through the development of continuous professional development, student and employer engagement in teaching and learning

 

Specific Project Objective/s:

Developing new approaches in continuous professional development of teachers and administrative staff of higher educational institutions, pilot professional development courses are developed and implemented in partner universities

Recommendations are developed on ensuring consistency of Quality Assurance and Enhancement procedures across all subjects in the HE

Development of Guidelines for Student Engagement

Development of Guidelines for Employer Engagement

 More information can be found on this page.

 


Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish mazmuni hamda ilgor xorijiy tajribalar

2016 yil 14-15 oktyabr kunlari O`zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish mazmuni hamda ilg’or xorijiy tajribalar” mavzusida xalqaro ilmiy  anjuman tadbiri o`tkazildi.

Xalqaro anjuman tadbiri O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markaz, O`zbekiston davlat jaxon tillari universiteta, Toshkent davlat pedagogika universiteta, O`zbekistondagi Britaniya Kengashi, Evropa Komissiyasining O`zbekistondagi erasmus+ Milliy ofisi, Rezekniya texnologiyalar akademiyasi(Latviya) bilan hamkorlikda o`tkazildi.

O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2015 yil 
12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g’risida”gi ?4732-son Farmoni ijrosini ta’minlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarini ilg’or xorijiy tajribalar asosida modernizatsiyalash maqsadida bugungi kunda Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi, Bosh ilmiy-metodik markaz hamda Tayanch oliy ta’lim muassasalari huzuridagi tarmok markazlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmokda.

  

Bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda O`zbekistondagi Britaniya Kengashi, Evropa Komissiyasining Uzbekistondagi erasmus+ Milliy ofisi bilan “O`zbekistonda oliy ta’lim tizimida ta’lim jarayonlarini modernizatsiyalash va internatsionalizatsiyalash” loyihasi doirasidagi hamkorlik o`zining ijobiy natijasini bermoqda.

Xalqaro anjuman maqsadi: ilg’or xorijiy tajribalar asosida oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini modernizatsiyalash hamda soxaga oid zamonaviy metodologiya va innovatsion yondashuvlar natijalarini qiyosiy taxlil etish.

Xalqaro anjuman o`z ishini to`rtta yunalish doirasida amalga oshirdi:

1. Oliy ta’lim muassasalari professor-o`qituvchilarining pedagogik va kasb darajasini rivojlantirish, o`quv jarayonini tashkil qilishning zamonaviy metodlari;

2. YUqori samarali zamonaviy ta’lim va innovatsiya texnologiyalari, ilg’or xorijiy tajribani keng joriy etgan holda, oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo`yicha malaka talablari, o`quv rejalari, dastur va uslublarini takomillashtirish;

3. Global Internet tarmog’i, mul?timedia tizimlari va masofadan o`kitish usullaridan foydalangan holda zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini o`quv jarayoniga tatbiq etish;

4. Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining chet tilini amaliy o`zlashtirish darajasini oshirish va undan o`z kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil oshirib borishi uchun keng foydalanish.


Xalqaro anjumanda 200 ga yaqin ishtirokchilar qatnashishdi, bular O`zbekiston davlat jahon tillari universitetida huzaridagi Chet tillarini o`qitishning innovatsion  metodikalarini  rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi tinglovchilari, Tayanch oliy ta’lim muassasalari xuzuridagi pedagog kadrlarni kayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari direktorlari, ushbu tarmoq markazlarining xorijlik direktor o`rinbosarlari, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari, O`zbekistondagi Evropa delegatsiyasining boshligi Eduarde Stiprays, Uzbekistondagi Britaniya Kengashi direktori Mark Krossi, Evropa Komissiyasining erasmus+ milliy ofisi A.Abduraxmanova, Rezekne texnologiyalar akademiyasi rektori Edmunde Teyrumnieks, professor Velta Lyubkina (Latviya), London Metropolitan Universiteta professori Aleks Kruglov (Buyuk Britaniya), Birmingem Universiteta professori Fatima Rabixan (Buyuk Britaniya) ishtirok etishdi.

 

IMEP loyihasi doirasida

2017 yil 16-17 mart kunlari Buxoro davlat universitetida Erasmus+ dasturining "IMEP - O`zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish" loyihasi doirasida "Oliy ta’limda ish beruvchilar va talabalarni jalb etish" mavzusidagi xalqaro konferentsiya bo`lib o`tdi. Konferentsiyada Yevropalik hamkorlar Rezekne texnologiya akademiyasi (Latviya), London metropoliten universiteti (Buyuk Britaniya), Peleponnes universiteti (Gretsiya), O`zbekistondagi Britaniya Kengashi, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazi vakillari, shuningdek, Toshkent davlat pedagogika universiteti, O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Namangan davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Buxoro davlat universiteti  va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan professor-o`qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.


Loyiha ishtirokchilari tomonidan ish beruvchilar, talabalar, professor-o`qituvchilar o`rtasida turli so`rovnomalar o`tkazilgan bo`lib, so`rovnomalar natijalari konferentsiya mobaynida taqdim qilindi. Konferentsiyada ishchi guruhlar xulosalari asosida tegishli qo`llanmalar tayyorlash masalasi muhokama qilindi, hamkor OTMlar tajribasi o`rganildi.

Konferentsiya natijalari asosida ish beruvchilar va talabalarning oliy ta’lim jarayonlaridagi ishtiroklarini kengaytirishga qaratilgan qo`llanmalar tayyorlanib, OO`MTV va respublikamiz OTMlariga taqdim qilinadi.

  

  

        

        

       

 

O'qilgan: 228 marta So'ngi o'zgartirish: Payshanba, 30 Mart 2017 19:45

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.