wrapper

Yangiliklar

Seshanba, 04 Aprel 2017 00:00

Kashta va tekstil dizayni bo’yicha xorijiy xamkorlik

Joylashtirdi: 

2017-2019 yillarga mo’ljallangan “Kashta bezagi va tekstil dizayni sanatining estetik, marketing va iqtisodiy jihatlari bo’yicha hamkorlik” loyihasi doirasida unversitetmizga Germaniya va Iordaniya davlatlaridan bir gurux professor-o’qituvchi va talabalar tashrif buyurdilar. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi qo’l mehnati orqali yaratadigan tekstil mahsulotlari uchun yangi g’oya ishlab chiqish, uning xaridorgirligini o’rganish, turistlarning mahsulotga bo’lgan estetik qiziqishlarini o’rganish, marketing va turistik bozor tadqiqotini o’tkazish, suzana va kashta bezagi bo’yicha hunarmandlar bilan master klass o’tkazish, shu orqali talabalar o’rtasida madaniyatlararo muloqotni shakllantirishga qaratiladi.

Loyihada Drezden texnika va iqtisodiyot instituti, Iordaniya davlatidagi Amman Nemis unversiteti qatnashmoqda. Shu bilan birga G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot unversitetining Toshkent shahridagi filiali ham hamkor sifatida qatnashmoqda.

Loyixaning birinchi trening seminari Toshkent, Namangan va Samarqand shaharlarida o’tkazildi. Mehmonlarning tashrifi Navro`z bayramiga to’g’ri kelganligi tufayli ularga bayram tantanalarida qatnashish nasib etdi. Yurtimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, san`at va madaniyatning rivojlanishi, oliy ta`limda olib borilayotgan hamkorlik ishlari, tekstil sanoatining rivojlanishi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Mehmonlar Namanganga tashrifi mobaynida (25-30 mart kunlari)  Namangan shahridagi Sanam, IDEAL, Zamin lyuks kabi tekstil fabrikalarida uchrashuvlar o’tkazdilar. Unda mahalliy tadbirkorlar bilan zamonaviy dizayn va texnologik konstruksiyalar bo’yicha tajriba va fikr almashildi. Xorijiy talabalar esa (mahalliy talabalar bilan birga) O’zbekiston sharoitida tekstil mahsulotlarini xalqaro standartlarga moslash va xaridorgirligini yana oshirish bo’yicha mashg’ulotlarda qatnashdilar. Shu bilan birga tekstil mahsulotlarini qo’l kashta bezagi bilan boyitish imkoniyatlarini o’rgandilar. Nemis va o’zbek o’qituvchi-mutaxassislarini hamkorligida o’tkazildi va natijalarni o’quv jarayonida tadbiq etish bo’yicha takliflar ishlab chiqildi. Natijalar asosida bitiruv malakaviy ishlari va kurs ishlari uchun yangi mavzular bo’yicha takliflar berildi.

Bundan tashqari Namangan professional so’zana hunarmandi Latif Sadriddinovning uy korxonasida master klass trening mashg’uloti o’tkazildi. Unda so’zana sanatining Namangan variantini boshqa viloyat variantlari bilan solishtirib o’ziga xos tomonlari talabalarga o’rgatildi va xorijliklarda tanishtirildi. Shu bilan birga xorijliklarning bu boradagi fikr va takliflari o’zaro o’rganildi. Iqtisodiy samaradorligi esa loyihadagi iqtisodchi guruh a`zolari tomonidan o’rganildi. Bu esa hududda turizm sanoatining rivojlanishiga katta xissa qo’shadi.

Namangan tashrif mobaynida mexmonlarni Rishtondagi Alisher Nazirov qulolchilik sanati bilan tanishtirildi. Marg’ilon atlas yodgorlik korxonasiga tashrif buyurildi. Chust do’ppi tikish sanati bilan tanishtirildi. Bu tadbirlarning natijasida NamDU talabalari xalqaro darajadagi professor-o’qituvchilar bilan muloqot o’rnatdilar, xorijlik talabalar bilan o’zaro hamkorlik qildilar, NamDUning kasb ta`lim kafedrasi o’qituvchilari esa xalqaro doiradagi tajribalari yanada oshirildi, yangi mavzudagi ilmiy tadqiqot ishlarini boshlashga imkon yaratildi. Qolaversa viloyatdagi kichik tadbirkorlik rivojlanishiga ma`lum darajada xissa qo’shishdi. Bundan tashqari bu kabi hamkorlik ishlari xorijiy sarmoyalarning jalb etilishiga, turizimni yo’lga qo’yishga, kasanachilikni shakllantirish uchun muhim turtki bo’ldi.

Manbaa: Xalqaro aloqalar bo'limi

O'qilgan: 75 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.