wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 11 May 2017 00:00

Xalqaro hamkorlik

Joylashtirdi: 

Hozirda Namangan davlat universiteti ko’plab Evropaning yetakchi universitetlari bilan xalqaro hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Shulardan biri Polshaning Silesiya Texnologiyalar universiteti. Evropaning Erasmus plus tashkiloti dasturlarining “Staff mobility” loyihalari doirasida universitetimizning Fiziologiya va valeologiya kafedrasi taklifiga binoan 10 -  may kuni Silesiya Texnologiyalar universiteti Atrof muhit muhandisligi va energiya fakulteti, Biotexnologiya kafedrasi o’qituvchisi, doktor Anna Gnida turmush o’rtog’i Jan Gnida bilan tashrif buyurdi. Mehmonlarni akadek lisey va kasb – hunar kollejlari bo’yicha prorektor  K.Boymirzayev va Xalqaro bo’lim boshlig’i P.Lutfulleyevlar samimiy qabul qilishdi. Qabul jarayonida o’zaro yaqindan hamkorlik bo’yicha suhbat o’tkazildi.

Doktor Anna Gnida universitetimizning Fiziologiya va valeologiya asoslari, Biologiya va Ekologiya kafedralarining bir guruh professor – o’qituvchilari, magistrlari va talabalariga Silesiya Texnologiyalar universiteti faoliyati, Biotexnologiya kafedrasida olib borilayotgan ilmiy – pedagogik ishlar va o’zi olib boriyogan tadqiqot ishlari haqida malumot berdi. Hamda biologiya yo’nalishi 3 kurs talabalariga Biotexnologiya va atrof muhit muhofazasi fani, uning dolzard muammolari, istiqbollari haqida seminar o’tkazdi.

11 – may kuni esa talabalarga chiqindi suvlarni biologik tozalash bo’yicha seminar o’tkazdi. So’ng Fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi dotsenti A.N. Aripov va Tabiiy fanlari fakulteti dekani A.Nazarov bilan ilmiy – pedagogik aloqalar bo’yicha suhbatlar o’tkaziidi.

Mehmonlarning tashrifi 3 kunga rejalashtirilgan bo’lib, 12 -  may kuni ham uning ma’ruza va seminarlari rejalashtirilgan.

Fiziologiya va valeologiya asoslari
kafedrasi katta o’qituvchisi O.N. Imomov

O'qilgan: 266 marta So'ngi o'zgartirish: Juma, 12 May 2017 09:21

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.