wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 03 Fevral 2016 00:00

Jalb etilgan sarmoyalar, amaldagi loyixalar

Joylashtirdi: 

Universitemizda Tempus va Erasmus+ dasturlari doirasida bir qator yutuqlarga erishilgan. Birgina TuCAHEA loyihasi doirasida ta’lim sohalaridagi kompetentsiyalar bo’yicha 8 ta qo’llanma yaratilgan. Bu loyihada 10 ming AQSH dollari miqdorida org-texnika mahsulotlari olib kelingan. TuCAHEA loyihasi xaqida to’liq ma’lumot bilan www.tucahea.org web sahifasi orqali tanishish mumkin. Bundan tashqari 2016 yildan boshlab NamDU Erasmus+ dasturining ModeHEd va IMEP loyihalari ish boshlagan.

Universitetimizning xalqaro aloqalar bo’limi, kasb ta’limi kafedrasi va tasviriy san’at kafedrasi birgalikda olib borayotgan “Xalq amaliy bezak san’ati orqali madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish” loyihasi davom etmoqda. Ushbu loyiha Germaniyaning Flensburg Yevropa universiteti (Europa-Universität Flensburg) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda va Germaniya xukumati tomonidan moliyalashtirilmoqda. Ushbu loyihada Drezden texnika va iqtisodiyot universiteti va Istanbul memor sinan go’zal sa’atlar universiteti ham qatnashmoqda. 2015 yilning mart va sentyabr oylarida universitetimizning 9 nafar vakillari master treyninglarida (workshop) muvaffaqiyatli qatnashib qaytishdi. Loyihaning 3-bosqichi 2016 yilning 10-16 mart kunlari Germaniyaning Flensburg Yevropa universitetida, san’at va dizayn kafedrasi qoshidagi mashg’ulot markazida bo’lib o’tdi va unda NamDUning 9 nafar vakili ishtirok etdi.

O'qilgan: 1551 marta So'ngi o'zgartirish: Chorshanba, 03 Fevral 2016 17:28

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.