wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 09 Fevral 2017 00:00

“Ilhom chashmalari” togaragi faoliyati haqida

Joylashtirdi: 

“Agar  kelajagimizni o`ylab ish qilmoqchi bo`lsak, kelajakda  ishimizni davom ettiradigan  bugungi kun  yoshlarimizga  sharoit yaratib, uning  hayoti haqida qayg’uradigan bo`lsak, avvalo, mahalliy yoshlarni  tarbiyalash ishiga  munosabatimizni  mutlaqo  o`zgartirishimiz kerak. Mumkin qadar  ko`proq iqtidorli   yoshlarimizni  ittifoqning  eng  ilg’or  korxonalariga, shular  jumlasidan,  hatto xorijiy mamlakatlarga, kerak bo`lsa, yangi  texnologiya, yangicha ish  tashkil   qilishni  o`rganish uchun  Yaponiya, Amerika  hamda  boshqa  joylarga  yuborib, ularning  o`qishiga, tajriba  orttirishiga  imkoniyat  yaratish  lozim.  Iqtisodimizni, hayotimizni o`zgartirish ana shularga bog’liq. Agar shuni qilmasak, bu  yurishimizda  katta  yo’lga  chiqishimiz qiyin bo`ladi.

Aytish  kerakki, kadrlarni  puxtaroq  qilib  tayyorlamasdan turib, ularning qadriga  yetmasdan turib, ularga ishonmasdan  va qo`llab quvvatlamasdan, o`ylayman-ki, biron-bir sohada   ahvolni  hech  qanaqa  tarzda  o`zgartirib bo`lmaydi”,-deb O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1989-yil 28-oktabrdagi ma`ruzalarida  ta`kidlab o`tgan  fikri bugungi kunda  eng dolzarb  masalalardan biri  bo`lib kelmoqda. Ushbu  fikrdan kelib  chiqqan holda  iste`dodli  yoshlarni, shuningdek, iqtidorli talabalarni tanlash,  ular bilan  samarali ishlash yo`llarini  ishlab   chiqish masalasiga bugungi kunda jiddiy e`tibor berilmoqda, desak mubolag’a bo`lmaydi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlarga  yaratilayotgan shart-sharoitlar, shuningdek, O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi xayriya jamoat Fondi iqtidorli yoshlarni chet elga o`qishga jo`natish uchun hujjatlarni qabul qilishni boshlaganligi, fond saytida bir qator mutaxassisliklar bo`yicha Yevropa va AQSH oliy ta`lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olish uchun Fond grantlari taqdim etish maqsadida respublika hamda chet el  oliy ta`lim muassalarini muvaffaqiyatli bitirga, xorijiy tillarni biladigan iqtidorli, iste`dodli yigit-qizlar tanlovi boshlanganligi ham  fikrimizning yorqin dalilidir.
Shuning uchun bugungi kunda yoshlarga ta`lim-tarbiya berish jarayonida ularning iqtidorini yanada oshirishga, shuningdek, darsdan tashqari talabalarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish uchun to`garaklar faoliyatini yanada oshirish kerak. Ushbu fikrga tayangan holda Namangan davlat universitetining pedagogika fakulteti professor-o`qituvchilari tomonidan fakultetda iqtidorli talabalar bilan ishlash rejasi muntazam ravishda amalga oshirib borilmoqda. Jumladan, filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Hamidova rahbarligida faoliyat olib borayotgan iqtidorli talabalardan boshlang’ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish yo`nalishi, 301-guruh talabasi Umarova Ziyoda Ahat qizi 2015/2016 yillarda “Kamolot” stipendiyasining sovrindori bo`ldi.
Shu bilan birga, Pedagogika fakulteti qoshida filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Hamidova rahbarligida faoliyat olib borayotgan “Ilhom chashmalari” to`garagi a`zolaridan  To`xtasinova Adibaning “Ikki yo`l”,  “Baxt sururi”, Ikromov Azizbekning “Onamdayin bo`lolmas hech kim”, Abdulxayeva Maftunaning “Qidir meni orzularingdan...” kabi she`riy to`plamlari matbuotda chop ettirildi. Ushbu to`garak a`zolaridan  boshlang’ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish yo`nalishi, 103-guruh talabasi Otamirzaeva Ko`hinurning “Bunchalar shirinsan hayot” va to`garak a`zolarining “YOsh ijodkorlar” she`riy to`plamlari universitet uslubiy kengashi yig’ilishida ko`rib chiqilib, nashr etishga tavsiya etildi.

O'qilgan: 358 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.