wrapper

Yangiliklar

Dushanba, 13 Fevral 2017 00:00

«Biolog» - bilimdonlik yo‘lida

Joylashtirdi: 

Navqiron va mustaqil davlatimiz - O‘zbekiston respublikasini har tomonlama rivojlantirish unda yashovchi har bir fuqaroning muqaddas burchidir.

Mustaqilligimiz me’mori, asoschisi I.A.Karimov “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli,  dono va, albatta, baxtli bo‘lishlari shart!”, - deya ta’kidlaganlari biz o‘qituvchilarga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Shu maqsadda o‘sib kelayotgan yosh avlodning dunyoqarashini kengaytirib, ularni kamolotga erishishini yana bir bosqichga ko‘tarish yo‘lida NamDU tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo‘nalishi “Biolog” to‘garagi tomonidan ilmiy-ijodiy seminar o‘tkazildi. Seminarda professor-o‘qituvchilar va fakultet talabalari ishtirok etishdi. Tadbirda talabalarning ilmiy savodxonligini oshirish va fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini yana ham kuchaytirish maqsadida  biologiya kafedrasi tomonidan “Ilmiy maqola va uni yozish qonun-qoidalari” mavzusida taqdimot o‘tkazildi. Tadbirning ikkinchi qismida to‘garak a’zolaridan talaba Zulxumor Mamatjonova Nobel mukofotining 2016 yil sovrindori Yosinori Osumining “Ro‘za tutishning organizmga foydasining ilmiy asoslari” mavzusidagi tadqiqotini yoritib berdi. Mavzu yuzasidan seminar ishtirokchilari o‘rtasida qizg‘in muhokama bo‘lib o‘tdi. Xususan, biologiya kafedrasi dotsenti Erkin Ikramov va katta o‘qituvchisi Shoira Yusupovalarning bildirgan fikr-mulohazalari mavzuning yanada kengroq yoritilishiga katta hissa qo‘shdi. Ta’lim tizimining ajralmas qismiga aylanib borayotgan innovatsion pedagogik texnologiyalardan - “oltita shlyapa” metodini to‘garak a’zolaridan 3-bosqich talabasi Ra’no Maxmudova amalda qo‘llab, ko‘rsatib berishi seminar qatnashchilarini bundanda faollikka chorladi va seminarga ko‘tarinkilik baxsh etdi. Bunday tadbirlar talabalar orasidan iqtidorli va qobiliyatlilarni tanlab, ularni ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlarni amalga oshirishga to‘g‘ri yo‘naltirishga imkon yaratadi hamda davlatimiz ravnaqi munosib hissa qo‘shuvchi yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilishi, shubxasiz.

Biologiya kafedrasi o'qituvchisi Sh. Rustamova

O'qilgan: 235 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.