wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 21 Sentyabr 2017 00:00

Universitetda “Tinchlik kuni”

Joylashtirdi: 

Bundan 36 yil muqaddam BMTning General Assambleyasining 36/37 ko‘rsatmasiga asosan Xalqaro tinchlik kunini e'lon qilingan (International Day of Peace) va uni sentyabr oyining uchinchi seshanba kunida nishonlanishini tayinlagan.

Bu bayramni nishonlanishidan maqsad, davlat ichida va o‘zaro tinchlikni saqlashdan iborat. 2001 yilda General Assambleya bir ovozdan 55/282 ko‘rsatmasida 2002 yildan Xalqaro tinchlik kuni har yili 21 sentyabr kuni ommaviy zo‘rlikka va qon to‘kilishga qarshi kun deb e'lon qilgan. Shundan so‘ng bu bayram millionlab insonlar, shuningdek, yoshlar tashkilotlari tomonidan turli aksiya va tadbirlar ko‘rinishida o‘tkazilishi urfga aylangan.Bugun Namangan davlat universitetida ham 21 sentyabr – “Halqaro tinchlik kuni” munosabati bilan “Tinchlik – xalq farovonligining garovidir” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbirda universitet ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Isoqboev, Namangan shahar “Shodibek” jome masjidi imom xatibi M.Nuritdinov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir va yozuvchi Boqiy Mirzo hamda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.
Tadbir so‘z olgan A.Isoqboev, tinchlik va osudalik yurtning boyligi, xalqning bebaho ne'mati sifatida qadrlanajak, o‘z ahamiyatini hyech qachon yo‘qotmaydigan, mamlakat taraqqiyoti va farovon turmushining bosh asosi sanalgan g‘oyat purma'no tushuncha ekanligi hamda osuda hayotni qadr-qimmati har bir insonning tafakkurida mustahkam o‘rnashgan bo‘lishi lozimligini bayon qildi.
Tadbir ishtirokchilariga tinch-totuv kunlarning qadr-qimmati va ahamiyatini yanada teranroq anglab olishlari uchun “Tinchlik ulug‘ ne'mat” nomli videorolik namoyish etildi.Film namoyishidan so‘ng taniqli ijodkor Boqiy Mirzo, tinchlikni, osuda hayotni tarannum etuvchi she'rlarini yig‘ilganlarga tuhfa etdi.
Ayniqsa, Namangan shahridagi “Shodibek” jome masjidi imom xatibi M.Nuritdinov tomonidan, globallashuv davrida yoshlar ma'naviyatiga qaratilgan tahdidlar va turli axborot xurujlari nafaqat yoshlarni o‘z yo‘lidan og‘dirishga xizmat qilishi, balki mamlakatdagi tinchlikka jiddiy xatar keltirayotganini hayotiy misollar va ibratli hikmatlar bilan asoslab berilishi barchani yana bir bor mulohazaga chorladi.Mavzu yuzasidan taqdim etilgan kuy-qo‘shiqlar, she'r va boshqa ijodiy ishlar tadbir sifatini yanada oshirdi. Bayram tadbiriga “Tinchlikni asrang do‘stlar” qo‘shig‘i yakun yasadi.
Saidakbar MUTALOV,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
universitet boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi.

O'qilgan: 5389 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.