wrapper

Yangiliklar

Seshanba, 22 Mart 2016 00:00

2016 yilning 18 mart kuni Geografiya  kafedrasida “Globus” to‘garagi faoliyati doirasida navbatdagi “Zakovat” intellektual  o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Joylashtirdi: 

O‘yinga ekspert guruhi va yo‘nalish talabalari ­­­- I. Toshtemirov, M.Mirzakarimova, D.Xolmirzayeva, F. Abdulxamidov, X.Naimovlar tomonidan tuzilgan savollar tanlab olindi. 

O‘tkazilgan tadbirda Geografiya kafedrasi pedagog xodimlari, yo‘nalish iqtidorli talabalari faol ishtirok etdilar. Tadbirni kafedrasi o‘qituvchisi I.Soliyev ochdi va olib bordi. I.Soliyev talabalarning intellektual o‘yinga bo‘lgan qiziqishlari ortib borayotgani va tuzilgan savollarning saviyasi oshib borayotganini aytib o‘tdi.  

     

O‘yinda yo‘nalishning 4-kurs talabalaridan iborat “Graduate” (Bitiruvchi) va 3-kurs talabalarining “Intellekt” jamoalari o‘zaro bellashdilar. Jamoalarga berilgan 9 ta savollardan 3 tasiga  “Graduate” jamoasi, yana 3 tasiga “Intellekt” jamoasi to‘g‘ri javob topdilar. 

Jamoalarga ekspertlar tomonidan o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berildi. O‘yin yakunida “eng yaxshi savol” nominatsiyasi bo‘yicha 2-kurs talabasi I.Toshtemirov,  “eng faol ishtirokchi” nominatsiyasi bo‘yicha ikki jamoadan T. Jo‘raxo‘jayev va A.To‘rajonovlar e’tirof etildilar.

“Eng yaxshi savol” egasiga Tabiiy fanlar fakulteti dekanatining esdalik sovg‘asi,  “eng faol ishtirokchi” egalariga kafedraning esdalik sovg‘asi topshirildi.

     

Tadbir yuzasidan yo‘nalishning 4-bosqich talabasi S.Mallaboyeva fikr-mulohazalar bildirib, tashkilotchilarga talabalar nomidan minnatdorchilik bildirdi. 

     

Tadbirda yakunlovchi so‘z kafedra mudiri X. Mirzaaxmedov tomonidan bildirilib, to‘garak faoliyati doirasida rejalashtirilayotgan “davra suhbat”lari, uchrashuvlar haqida to‘xtaldi. 

Navbatdagi “Zakovat” intellektual o‘yinida yo‘nalishning 1- va 2-kurs iqtidorli talabalaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etishi ma’lum qilindi. 

Kafedra mudiri X.Mirzaaxmedov 

O'qilgan: 552 marta So'ngi o'zgartirish: Seshanba, 22 Mart 2016 11:29

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.