Print this page
Dushanba, 25 Aprel 2016 00:00

Namangan davlat universiteti Geografiya kafedrasi qoshidagi “Globus” o’quv to’garagida navbatdagi intellektual o’yin o’tkazildi.

Joylashtirdi: 

2016 yilning 22 aprel kuni kafedra qoshidagi “Globus” to’garagi “Zakovat” intellektual o’yini bo’lib o’tdi.

O’yinga ekspert guruhi a’zolari dots. SH.Jumaxanov, o’qituvchilar B. Abduraxmonov va I.Soliev xamda yo’nalish talabalari S.Siddiqov, I. Akaboevlar tomonidan tuzilgan savollar tanlab olindi. Tadbirda Geografiya kafedrasi pedagog xodimlari, yo’nalishning iqtidorli talabalari va magistrlar faol ishtirok etdilar. Tadbirni kafedra o’qituvchisi I.Soliev ochdi va olib bordi. O’yin 5A140602–maqistratura mutaxassisligi 2-kurs talabalari tomonidan tashkillashtirilib, unda bakalavriat yo’nalishining 2-kurs talabalaridan iborat “EVEREST” va 1-kurs talabalarining “OPTIMUS” (Eng yaxshi) jamoalari o’zaro bellashdilar. Jamoalarga berilgan 9 ta savoldan 3 tasiga “EVEREST” jamoasi, 2 tasiga “OPTIMUS” jamoasi to’g’ri javob topdi.

O’yin yakunida “Eng yaxshi savol” nominatsiyasi bo’yicha kafedra o’qituvchisi B.Abduraxmonov, “Eng faol ishtirokchi” nominatsiyasi bo’yicha ikki jamoadan X. Naimov va I.Toshtemirovlar e’tirof etildi.

Tadbirda yakunlovchi so’z kafedra dotsenti SH. Jumaxanov tomonidan bildirilib, talabalarning geografiya yo’nalishida tashkil etilayotgan turli tadbirlar va to’garak ishida faol ishtirok etayotganligi mazkur intellektual o’yinga bo’lgan qiziqishlari ortib borayotganligidan dalolat berishini ta`kidladi. Shuningdek, 2-kurs magistr talabalari malakaviy amaliyot doirasida uyushtirgan bugungi tadbirlari mazmun va sifat jihatidan oldingi o`yinlardan farq qilganligini aytib o`tdi.

O’yin yakunida navbatdagi “Zakovat” intellektual o’yinida yo’nalishning 2- va 4-kurs iqtidorli talabalaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etishi ma’lum qilindi.

Kafedra mudiri X.Mirzaaxmedov

O'qilgan: 582 marta