wrapper

Yangiliklar

Shanba, 26 Dekabr 2015 05:00

Baholash tizimidan foydalanish

Joylashtirdi: 

 

Namangan davlat universitetida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2009 yil 7 avgustdagi 276-sonli buyrug’ida ko`rsatilgan Nizom asosida ishlab chiqilgan.

Nizom O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g’risida”gi (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g’risida”gi (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-modda, 295-modda) qonunlariga hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son “Oliy ta`limning davlat ta`lim standartlarini tasdiqlash to`g’risida” qaroriga (O`zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to`plami, 2001 y., 15-16-son, 104-modda) muvofiq oliy ta`lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini tartibga soladi.

I. Umumiy qoidalar

1. Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta`lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o`zlashtirishida bo`shliqlar hosil bo`lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.

2. Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

a) talabalarda Davlat ta`lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko`nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish; 

b) talabalar bilimi, ko`nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta`lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta`minlash; 

v) fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o`zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;

g) talabalarda mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;

d) talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma`lum qilish;

e) talabalarning fanlar bo`yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta`minlash; 

yo) o`quv jarayonining tashkiliy ishlarini komp’yuterlashtirishga sharoit yaratish.

3. Fanlar bo`yicha talabalar bilimini semestrda baholab borish reyting nazorati jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.

II. Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi

4. Nazorat turlari, uni o`tkazish tartibi va mezonlari kafedra mudiri tavsiyasi bilan oliy ta`lim muassasasining (fakul’tet) o`quv-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda har bir fanning ishchi o`quv dasturida mashg’ulot turlari bilan birgalikda ko`rsatiladi.

5. Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma`lumotlar fan bo`yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e`lon qilinadi.

6. Talabalarning bilim saviyasi va o`zlashtirish darajasining Davlat ta`lim standartlariga muvofiqligini ta`minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o`tkazish nazarda tutiladi:

joriy nazorat – talabaning fan mavzulari bo`yicha bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarida og’zaki so`rov, test o`tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o`tkazilishi mumkin;

oraliq nazorat – semestr davomida o`quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o`z ichiga olgan) bo`limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratning soni va shakli (yozma, og’zaki, test va hokazo) o`quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda kafedra tomonidan belgilanadi;

yakuniy nazorat – semestr yakunida muayyan fan bo`yicha nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarni talabalar tomonidan o`zlashtirish darajasini baholash usuli. YAkuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “YOzma ish” (tibbiyot oliy ta`lim muassasalari uchun “YOzma ish” yoki OTKS (ob`ektiv tizimlashtirilgan klinik sinov)) shaklida o`tkaziladi.

Ta`lim yo`nalishi va mutaxassisliklari ayrim fanlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda fakul’tet Ilmiy kengashi qarori asosida ko`pi bilan 40% fanlardan yakuniy nazoratlar boshqa shakllarda (og’zaki, test va hokazo) o`tkazilishi mumkin.

7. Oraliq nazoratni o`tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o`rganib boriladi va uni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda oraliq nazorat qayta o`tkaziladi.

8. Oliy ta`lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan ichki nazorat va monitoring bo`limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o`tkazish jarayoni davriy ravishda o`rganib boriladi va uni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda yakuniy nazorat qayta o`tkaziladi.

9. O`quv yili tugaganidan keyin reyting nazorati natijalariga ko`ra talabalarni keyingi kursga o`tkazish to`g’risida belgilangan tartibda qaror qabul qilinadi.

 III. Baholash tartibi va mezonlari

10. Talabalarning bilim saviyasi, ko`nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo`yicha o`zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.

11. Har bir fan bo`yicha talabaning semestr davomidagi o`zlashtirish ko`rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.

Ushbu 100 ball nazorat turlari bo`yicha quyidagicha taqsimlanadi:

yakuniy nazoratga – 15 ball;

joriy va oraliq nazoratlarga – 85 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 85 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi).

12. Nazorat turlari bo`yicha ballar taqsimoti tibbiyot oliy ta`lim muassasalari uchun tibbiyot oliy ta`lim muassasalari rektorlari Rayosati, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi oliy ta`lim muassasalari uchun Ilmiy kengash qarorlari asosida O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanishi mumkin.

13. Talabaning reyting daftarchasiga alohida qayd qilinadigan kurs ishi (loyihasi, hisob-grafik ishlari), malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) bo`yicha yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi va magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlari, magistrlik dissertatsiyasi bo`yicha o`zlashtirish darajasi – 100 ballik tizimda baholanadi.

14. Talabaning fan bo`yicha o`zlashtirish ko`rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar (keyingi o`rinlarda namunaviy mezonalar deb yuritiladi) tavsiya etiladi:

a) 86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

xulosa va qaror qabul qilish;

ijodiy fikrlay olish;

mustaqil mushohada yurita olish;

olgan bilimlarini amalda qo`llay olish;

mohiyatini tushunish;

bilish, aytib berish;

tasavvurga ega bo`lish.

b) 71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

mustaqil mushohada yurita olish;

olgan bilimlarini amalda qo`llay olish;

mohiyatini tushunish;

bilish, aytib berish;

tasavvurga ega bo`lish.

v) 56-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

mohiyatini tushunish;

bilish, aytib berish;

tasavvurga ega bo`lish.

v) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0-55 ball bilan baholanishi mumkin:

aniq tasavvurga ega bo`lmaslik;

bilmaslik.

15. Namunaviy mezonlar asosida muayyan fandan joriy va oraliq nazoratlar bo`yicha aniq mezonlar ishlab chiqilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi va talabalarga e`lon qilinadi.

16. Namunaviy mezonlarga muvofiq mutaxassislik fanlar bo`yicha tayanch oliy ta`lim muassasalari tomonidan yakuniy nazorat uchun baholash mezonlari

va topshiriqlari ishlab chiqilib, oliy ta`lim muassasasi Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi va turdosh oliy ta`lim muassasalariga etkaziladi.

17. Talabalarning o`quv fani bo`yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.

18. Talabaning fan bo`yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi

 

 

bu erda:

V– semestrda fanga ajratilgan umumiy o`quv yuklamasi (soatlarda);

O'– fan bo`yicha o`zlashtirish darajasi (ballarda).

19. Fan bo`yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biriga ajratilgan balning 55 foizi saralash ball etib belgilanadi.

Joriy va oraliq nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning saralash

bali 55 foizdan ortiq ball to`plagan barcha talabalar ushbu fan bo`yicha yakuniy nazoratga kiritiladi.

Agar talaba yakuniy nazoratda shu nazorat turi bo`yicha saralash balidan yuqori ball to`plasa, bu ball joriy va oraliq nazoratlarda to`plangan ballarga qo`shiladi. Aks holda talabaning fan bo`yicha o`zlashtirish ko`rsatkichi faqat joriy va oraliq nazoratlarning ballari yig’indisidan iborat bo`ladi (mazkur tartib tibbiyot oliy ta`lim muassasalarida rektorlar Rayosati qarori asosida belgilanadi).

20. Talabaning semestr davomida fan bo`yicha to`plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to`plagan ballari yig’indisiga teng.

IV. Nazorat turlarini o`tkazish muddati

21. Oraliq va yakuniy nazorat turlari kalendar’ tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o`tkaziladi. YAkuniy nazorat semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o`tkaziladi.

22. Talaba fan bo`yicha kurs loyihasi (ishi)ni ushbu fan bo`yicha to`plagan ballari umumlashtirilishiga qadar topshirishi shart.

23. Joriy va oraliq nazoratlarda saralash ballidan kam ball to`plagan va uzrli sabablarga ko`ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so`nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy nazoratgacha bo`lgan muddat beriladi.

Belgilangan muddatlarda topshirilmagan joriy va oraliq nazorat ballari keyingi baholash ballariga qo`shilmaydi va qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.

Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakul’tet dekani farmoyishi asosida, o`qishni boshlaganidan so`ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi.

24. Semestr yakunida fan bo`yicha joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat turlarini har biri bo`yicha saralash balidan kam ball to`plagan talabaning o`zlashtirishi qoniqarsiz (akademik qarzdor) hisoblanadi.

Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o`zlashtirish uchun 2 hafta muhlat beriladi. SHu muddat davomida fanni o`zlashtira olmagan talaba, fakul’tet dekani tavsiyasiga ko`ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.

25. Talaba nazorat natijalaridan norozi bo`lsa, fan bo`yicha nazorat turi natijalari e`lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakul’tet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakul’tet dekanining taqdimnomasiga ko`ra rektor buyrug’i bilan 3 (uch) a`zodan kam bo`lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko`rib chiqib, shu kunning o`zida xulosasini bildiradi.

26. Baholashning o`rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o`tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakul’tet dekani, kafedra mudiri, o`quv bo`limi hamda ichki nazorat va monitoring bo`limi tomonidan nazorat qilinadi.

V. Reyting natijalarini qayd qilish va tahlil etish tartibi

27. Talabaning fan bo`yicha nazorat turlarida to`plagan ballari semestr yakunida reyting qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Reyting daftarchasining “O`quv rejasida ajratilgan soat” ustuniga semestr uchun fanga ajratilgan umumiy o`quv yuklama soatlari, “Fandan olingan baho” ustuniga esa 100 ballik tizimdagi o`zlashtirishi qo`yiladi.

Talabaning saralash balidan past bo`lgan o`zlashtirishi reyting daftarchasiga qayd etilmaydi.

28. Har bir fan bo`yicha o`tkaziladigan nazorat turlarining natijalari guruh va professor-o`qituvchi jurnallari hamda qaydnomada qayd etiladi va shu kunning o`zida (nazorat turi yozma ish shaklida o`tkazilgan bo`lsa, 2 (ikki) kun muddat ichida) talabalar e`tiboriga etkaziladi.

29. Yakuniy nazorat natijalariga ko`ra dekanat talabalarning fan bo`yicha reytingini aniqlaydi hamda reyting daftarcha va qaydnomaning tegishli qismini to`ldiradi.

30. Talabaning reytingi uning bilimi, ko`nikmasi va malakalari darajasini belgilaydi. Talabaning semestr (kurs) bo`yicha umumiy reytingi barcha fanlardan to`plangan reyting ballari yig’indisi orqali aniqlanadi.

31. Talabalar umumiy reytingi har bir semestr va o`quv yili yakunlangandan so`ng e`lon qilinadi.

32. Diplom ilovasi yoki akademik ma`lumotnomani dekanat tomonidan rasmiylashtirishda fan bir necha semestr davom etgan bo`lsa, reytinglar yig’indisi olinadi.

33. Talabalarning joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarda erishgan va tegishli hujjatlar (guruh jurnali, o`qituvchining shaxsiy jurnali, reyting qaydnomasi)da qayd etilgan o`zlashtirish ko`rsatkichlari dekanatlar va o`quv-metodik boshqarmalarida komp’yuter xotirasiga kiritilib, muntazam ravishda tahlil qilib boriladi.

34. Joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalari kafedra yig’ilishlari, fakul’tet va oliy ta`lim muassasasi Ilmiy kengashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.

VI. Yakuniy qoidalar

35. O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi test baholari va reyting ballarining xolisligini tekshirishni tashkil etadi va nazorat qiladi.

36. Ushbu Nizomda belgilangan masalalar bo`yicha kelib chiqqan nizolar qonun hujjatlari asosida hal qilinadi.

37. Ushbu Nizom O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta`limi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “O`zbekiston temir yo`llari” DAK, Davlat soliq qo`mitasi, O`zbekiston Badiiy akademiyasi va Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan kelishilgan.

Ushbu nizomga universitet “Talabalar biliimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to`g’risidagi Nizomni amaliyotga joriy etish haqida”gi 2009 yil 10 avgustda 158 A/O sonli ichki buyrug’i tayyorlangan.

O'qilgan: 1516 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.