wrapper

Yangiliklar

Shanba, 19 Noyabr 2016 00:00

Milliy bayroq - milliy g‘urur!

Joylashtirdi: 

Davlat ramzlari, xususan uning bayrog‘i qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqlikni, asriy qadriyatlarning ifodasini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi. 18 noyabr sanasi yurtimizda bevosita anashu milliy ramz, ya’ni davlat bayrog‘imiz qabul qilinganligi bilan ahamiyatlidir.

Aynan mazkur muhim voqea munosabati bilan bugun Namangan davlat universitetida “Davlat ramzlariga ehtirom - yuksak ma’naviyat belgisi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Keng qamrovli mazkur tadbirda oliygohning 300 nafar talabalari va professor-o‘qituvchilari faollar zalida jam bo‘ldilar.

Dastlab universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor A.Umarov so‘z olib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining qabul qilinganligini munosib e’tirof etib, yoshlarning davlat ramzlariga nisbatan ehtirom tuyg‘ularini yanada yuksaltirish, o‘z tashabbus va iqtidori bilan yurtning bayrog‘ini ko‘kka ko‘tarish har bir o‘zbek farzandini muqaddas burchi ekanligi borasidagi mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Tadbir davomida Namangan viloyat hokimligining bosh mutaxassisi T.Dedaxanov, universitet dotsenti B.Isoqov, Namangan shahridagi “Yaxyoxon to‘ra” jome masjidi imom xatibi N.Jamalov hamda “Namangan yoshlar markazi” to‘garak rahbari H.Pattayevlar ham davlat ramzlariga hurmat bajo keltirish va milliy ramzlarni milliy g‘urur deb bilish, o‘z navbatida yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va sog‘lom hayot tarzini targ‘ib etgan holda, zararli illatlarni oldini olish, ogohlikka chorlashga qaratilgan atroflicha fikrlarni ta’kidlandi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv jarayonida yuqoridagi mavzuga daxldor videorolik namoyish etildi hamda buklet va eslatmalar tarqatildi.

Yakunda talabalar tomonidan keltirilgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berilib, asosli fikrlarni umumlashtirish barobarida foydali tavsiyalar aytib o‘tildi.

Saidakbar MUTALOV,

Namangan davlat universiteti magistranti

O'qilgan: 213 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.