wrapper

Yangiliklar

Seshanba, 14 Fevral 2017 00:00

Namangan davlat universitetida Qirg‘iziston davlatining O‘sh shahridagi Z.M.Bobur nomidagi O‘zbek drama teatri aktyorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Joylashtirdi: 

Ijodiy uchrashuvda universitet rektori A.Umarov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Isoqboyev, Qirg‘iziston halq artisti Rasul Urayimjonov, Qirg‘izistonda hizmat ko‘rsatgan artist Jamidulla Matholiqov, O‘zbekiston xalq artisti, aktyor va rejissyor Mirza Azizov, Azizbek Oripov, Baxtiyor Qurboyev, Ma’rufjon Abduqodirov, O.Yo‘ldashev, Sh.Tojiboyev, U.Sodiqova, Sh.Tojiboyev, U.Sodiqova, L.Kamolova, ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i Z.Ablullayev, universitet “Kamolot” YoIH boo‘lang‘ich tashkiloti yetakchisi Sh.Mamadaliyev, universitet professor-o‘qituvchilari, hamda talabalar ishtirok etdilar.

Uchrashuvni universitet rektori A.Umarov tarixiy ildizlari bir bo‘lgan o‘zbek va qirg‘iz xalqlari azal-azaldan  hamjixatlik, do‘st-birodarlik asosida hayot kechirib kelayotganligi va bu ikki halqning do‘stlik rishtalari bugungidek uchrashuvlarda ham o‘z aksini topib yanada mustahkamlanayotganini ta’kidlab universitetga tashrif buyurgan mehmonlarni ishtirokchilarga tanishtirib o‘tdi.

Shundan so‘ng tashrif buyurgan mehmonlar ijodiy jamoasi rahbari Erkin Boynazarov so‘z olib avvalo samimiy, mehmondo‘st gullar shahri bo‘lgan Namangan ahliga chuqur xurmatini is'hor qildi. Eng murukkab damlarda ham bir-birini hamisha qo‘llab-quvvatlab kelgan o‘zbek va qirg‘iz halqlari doimo hozirgidek inoqlikda hayot kechirishiga yuksak ishonch bildirib shu uchrashuvlarni tashkil qilishda bosh bo‘layotgan ikki davlat rahbarlariga minaddorchilik bildirdi.

O‘zbekiston xalq artisti, aktyor va rejissyor Mirza Azizov o‘zbek va qirg‘iz halqlari aloqalari xar jabhabda yuksalib borayotganini va ushbu aloqalar har ikki halqning ayniqsa madaniy taraqqiyotida yuqori o‘rin tutayotganini, bugungi kunda dunyoning ayrim hududlarida notinchlik, millatlar o‘rtasida yuzaga kelayotgan nizolar barchani birdek tashvishga solayotgani holda o‘zbek va qirg‘iz xalqlarining manashunday zamonda qo‘lni-qo‘lga berib taraqqiyot bosqichlarida odimlab borayotgani quvonarli hol ekanligini aytdi.

Universitet dotsenti B.Isoqov ikki qardosh o‘zbek va qirg‘iz millatining hamfikirligi ular o‘rtasidagi aloqalarning rivojida muxum ahamiyat kasb etishi isbot talab qilmas haqiqat ekanligini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida talabalari tomonidan fikirlar bildirilib ularda qardoshlik aloqalaridan yoshlarning ham mamnunligi ifoda etildi.

NamDU "Kamolot" YIH BT yetakshisi Sh. Mamadaliyev

O'qilgan: 316 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.