wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 23 Fevral 2017 00:00

Hisobot-saylov yig‘ilishi mas’uliyatni oshirdi

Joylashtirdi: 

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining quyi bo‘g‘inlari, bugun ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarning ta’limiy-tarbiyaviy hamda ilmiy-ma’rifiy jarayonlarda ilg‘or bo‘lishiga ko‘maklashib kelmoqda. Namangan davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti ham, o‘quv yili davomida talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning manfaatlarini har tomonlama himoya qilish bo‘yicha qator loyiha va tadbirlarni amalga oshirib bormoqda.

Shu nuqtai nazardan bugun universitetda “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda belgilangan tartib bo‘yicha delegat va hay’at a’zolari tomonidan boshlang‘ich tashkilotning 2015-2016 o‘quv yili davomidagi faoliyati tahlil qilinib, amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.

Tadbir davomida universitet rektori t.f.d., professor A.Umarov tashkilotning faoliyatini tanqidiy baholagan holda, yetakchi o‘z bilim va mahorati bilan, talabalar ommasini tashabbuskor, faol va ilg‘or bo‘lishiga chorlashi, ta’lim dargohining ma’naviy-ma’rifiy hayotida chinakam yo‘lboshchi bo‘lishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, yig‘ilishda harakatning viloyat Kengashi matbuot xizmati kotibi T.Komiljonov, universitet boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Sh.Mamadaliyev va bir qator talabalarning ham fikr-mulohazalari tinglab o‘tildi. O‘z navbatida kun tartibidagi masalalar qatori boshlang‘ich tashkilot Kengashi tarkibi ko‘rib chiqildi va amaldagi yetakchi Sh.Mamadaliyev qayta saylandi.

Yakunda boshlang‘ich tashkilotning 2016-2017 o‘quv yili davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlari yuzasidan vazifalar belgilab olindi. Shu bilan birga, delegat va hay’at a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar umumlashtirilib, yuqori mas’uliyat va shijoat bilan faoliyat yuritishga kelishib olindi. Harakat tizimida faol bo‘lgan bir guruh talabalar viloyat Kengashining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

Saidakbar MUTALOV,
Namangan davlat universiteti magistranti

O'qilgan: 303 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.