wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 30 Mart 2017 00:00

Namangan davlat universitetida “Quvnoqlar va zukkolar” Respublika ko‘rik-tanlovining fakultetlar o‘rtasida  saralash bellashuvi o‘tkazildi.

Joylashtirdi: 

2017 yil 29 mart kuni  Namangan davlat universitetida  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 13 martdagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovining saralash bellashuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 139- sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida  fakultetlar o‘rtasida  “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovining saralash bellashuvi o‘tkazildi.

Bellashuv uchta shart asosida o‘tkazildi. Birinchi shart Tanishtiruv sharti  bo‘lib bunda jamoalar o‘zlari tahsil olayotgan fakultetlari yuzasidan tanishtirib o‘tdilar. Ikkinchi  shart  savol javob sharti  bo‘lib bunda  jamoalarga Hakamlar hay’ati tomonidan savol berildi. Jamoalar  jamoaviy tartibda savollarga hazil mutoyibali javoblarini berib o‘tdilar. Bellashuvning uchinchi sharti musiqiy chiqish sharti bo‘lib ushbu shartda  musiqalar, qo‘shiqlar, taniqli qo‘shiqchilar qo‘shiqlariga o‘xshatmalardan keng foydalangan holda, hayotda xususan yoshlar orasida uchraydigan turli xil qiziqarli voqealar, illatlar va kamchiliklar ko‘zgu ostiga olingan teatrlashtirilgan lavhalar orqali chiqishlarini namoyish etdilar. 

Hakamlar xay’atining qaroriga ko‘ra  “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovining saralash bellashuvida “Eng intizomli jamoa” nominatsiyasi g‘olibi deb  Pedagogika fakultetining “PEDKOMEDIYa” jamoasi, “Eng zukko jamoa” nominatsiyasi g‘olibi deb Tabiiy fanlar fakultetining “EKOFANAT” jamoalariga berildi. “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovining saralash bellashuvida  uchinchi o‘rin  Fizika-matematika fakultetining  “NamDU FM” jamoasiga, ikkinchi o‘rin esa Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetining “PARVOZ” jamoasiga berildi.  “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovining saralash bellashuvida  faxrli birinchi o‘rinni Filologiya fakultetining “NAMANGANLIK BOJALAR” jamoasi egalladi. Jamolar universitet rektorining diplomi va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i   I.Atamirzayev

O'qilgan: 148 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.