wrapper

Yangiliklar

Juma, 31 Mart 2017 00:00

“Tafakkur sinovlari” Respublika ko‘rik-tanlovining  saralash bosqichi o‘tkazildi

Joylashtirdi: 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Halq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi”ning 100-bandi hamda O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 15 martdagi 87-02-884- sonli  xati  ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yil 30 mart kuni Namangan davlat universiteti fakultetlari o‘rtasida  “Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovini  saralash bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovining saralash bosqichida Pedagogika fakultetining “Tadakkur”, Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetining “Adolat”, Tabiiy fanlar fakultetining “Qalqon”, Fizika-matematika fakultetining “Taraqqiyot”, Jismoniy-madaniyat fakultetining “Iqtidor”, Filologiya fakultetining “Iste’dod” jamoalar bellashdilar. Nizomga muvofiq jamoalar: 

1-tanishtiruv sharti bo‘yicha o‘zlari tahsil olayotgan  oliy ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, ilmiy ijod va malakaviy izlanishlar uchun mavjud imkoniyatlar bo‘yicha tanishtirdilar.

2-shart “Tezkor savol javob” shartida ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi tomonidan konvertda muhrlangan savollar berilgan bo‘lib, shu savollar konverti hakamlar hay’ati tomonidan jamoalarni sardorlariga berildi. Ushbu shart “Blits” (Tezkor javob) tarzida tashkil etildi. 

3-shart bo‘yicha jamolar “Sahnada tafakkur sinovi” sharti bo‘yicha bellashdilar. Tashkiliy - ishchi guruh tomonidan tayyorlangan rolik namoyish etildi. Jamolar mazkur rolikni tomosha qilib bo‘lishgach,  mazkur rolikda aks ettirilgan voqealiklarni berilgan plakatlarda  tasvirlab berishdi va chizilgan tasvirlarini izohlab berdilar.

4-shart “Muammo va yechim” sharti bo‘yicha jamoalar saxna ko‘rinishi orqali  talabalar o‘rtasida  huquqbuzarlik va jinoyatchilik, giyoxvandlik, ichkilikbozlik, tamaki chekishning zararli oqibatlari, shuningdek odam savdosi, diniy eksterimizm va terrorizmga qarshi kurashish  masalalariga oid bo‘lgan muammolarni saxnaga olib chiqishdi va bunga qarshi kurash  bo‘yicha chora tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarini eshitildi.

5-shartda jamolar  Yoshlar dasturi -talabalar nigoxida mavzusida  o‘zlari taxsil olayotgan  oliy ta’lim muassasasida  mamlakatimizda yoshlarga oid qonunlar ijrosi  bo‘yicha saxna ko‘rinishlarini namoyish etishdi. 

Shundan so‘ng barcha jamoalar saxnaga taklif etilib umumiy ballar e’lon qilindi. Xakamlar xay’atining qaroriga asosan barcha shartlar bo‘yicha  “Eng intizomli jamoa” nominatsiyasiga Jismoniy-madaniyat fakultetining “Iqtidor”jamoasi, “Eng bilimli jamoa” nominatsiyasiga  Tabiiy fanlar fakultetining “Qalqon”jamoasi, “Eng zukko jamoa” nominatsiyasiga Fizika-matematika fakultetining “Taraqqiyot” jamoalari munosib deb topildi. “Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovini  saralash bosqichida 82 ball to‘plagan  Pedagogika fakultetining “Tadakkur” jamoasi uchinchi o‘ringa, 85 ball to‘plagan  Filologiya fakultetining “Iste’dod”  ikkinchi o‘ringa sazovar bo‘lishdi. Umumiy ballari hisobida 97 ball bilan faxrli birinchi o‘ringa  Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetining “Adolat” jamoasi  sazovor bo‘ldi. Tanlov so‘ngida jamoalar diplom hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i   I.Atamirzayev

O'qilgan: 115 marta So'ngi o'zgartirish: Juma, 31 Mart 2017 11:13

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.