wrapper

Yangiliklar

Dushanba, 04 Sentyabr 2017 00:00

Mustaqilligimizning yigirma olti yilligi munosabati bilan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Joylashtirdi: 

Tadbirni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan davlat universiteti yetakchisi S.Mutalov ochdi. Tadbir avvalida buyuk davlat arbobi, mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning porloq xotirasi uchun xurmat bajo keltirildi.

Shundan so‘ng tabrik uchun so‘z Namangan davlat universiteti rektori, professor A.Umarovga berildi. A.Umarov tadbir mexmonlari va ishtirokchilarni mustaqilligimizning yigirma olti yilligi bilan muborakbod etib, universitetimizda yangi o‘quv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi. So‘ng so‘z navbatini “El yurt hurmati” ordeni sohibi, siyosiy fanlar doktori, professor T.Fayzullayevga berildi. T.Fayzullayev barchani bayram bilan tabriklab, “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston” shoiri ostida ma’ruza qildi. Bayram munosabati bilan universitetida tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyati bo‘limi raxbari, shoir Jamoliddin Muslim so‘zga chiqib, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarini mustaqilligimizning yigirma olti yilligi bayrami bilan tabriklab, Vatanni, istiqlolni madh etuvchi she’rlaridan o‘qib berdi. Shundan so‘ng so‘z navbatini 2017-2018 o‘quv yilida Namangan davlat universitetining Tarix yo‘nalishiga  eng yuqori ball bilan talabalikka qabul qilingan talaba Odiljonov Oydulloga berildi. Talabalik baxtiga erishgan talabamiz, barchani bayram bilan muborakbod etib, yoshlari e’zozlangan yurt vakili sifatida, mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibordan mamnunligini faxr iftixor bilan ta’kidlab o‘tdi. So‘ng Odiljonov Oydulloga universitet rektorining tabriknomasi va estalik sovg‘asi taqdim etildi. Shundan so‘ng musiqa sadolari ostida tadbir ishtirokchilari o‘zlariga belgilangan auditoriyalarga taklif etildi. Ularga universitetning professor-o‘qituvchilari va vilooyatimizning taniqli yozuvchilari va shoirlari tomonidan “Xotira” hamda “Mustaqillik” darslari o‘tkazilishi e’lon qilindi.

Saidakbar Mutalov - O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi

O'qilgan: 99 marta So'ngi o'zgartirish: Dushanba, 04 Sentyabr 2017 11:02

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.