wrapper

Yangiliklar

Dushanba, 04 Sentyabr 2017 00:00

Namangan viloyati xokimi Hayrulla Haytboyevich Bozorovning Mustaqilligimizning yigirma olti yilligi munosabati bilan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston” shiori ostida bayram tadbiriga tashrifi

Joylashtirdi: 

Tadbirni Namangan davlat universiteti rektori professor A.Umarov ochdi va olib bordi. So‘ng so‘z navbatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, Namangan viloyati xokimi Hayrulla Haytboyevich Bozorovga berildi.

Viloyat xokimi Hayrulla Haytboyevich Bozorov so‘zining avvalida buyuk davlat arbobi, mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning davlatmiz mustaqillikka erishish jarayonidagi jasorati, mamlakat ravnaqi va taraqqiyotga erishishida ko‘rsatgan yuksak mehnatlarini alohida ta’kidlab o‘tdi. Mustaqiliq bergan imkoniyatlarni nechog‘li asrab avaylashimiz, ko‘z qorachig‘iday asrashimiz, ayni paytda Muxtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonlaridan olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ularni ertangi kunimiz porloq kelajagimiz uchun, Vatanimizni tarqqiyoti uchun, tinchligimiz, osoyishtaligimiz uchun muxim dasturil amal ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Ayniqsa mamlaktimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga rasmiy tashriflaridan so‘ng viloyatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bu islohotlarga javoban viloyatimiz ahli labbay deb javob berishlari, viloyatimizni Respublikaning eng ilg‘or viloyatlari qatorida bo‘lishligida siz yoshlarni katta o‘rni borligini mamnuniyat bilan e’tirof etdi. Shundan so‘ng so‘z “El yurt hurmati” ordeni sohibi, siyosiy fanlar doktori, professor T.Fayzullayevga berildi. T.Fayzullayev viloyatimiz xokimi H.Bozorovni universitetimizga tashrifi uchun minnatdorchilik bildirib, universitetimizga bildirilgan ishonch va e’tibordan mamnunligini bildirib o‘tdi. Shundan so‘ng so‘z olgan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan davlat universiteti yetakchisi S.Mutalov yoshlari e’zozlangan yurt vakili sifatida mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan keng foydalanib, viloyatimiz yoshlarini jamul-jam bo‘lib, yurtimiz taraqqiyoti va porloq kelajagi yo‘lida astoydil mehnat qilishimiz kerakligini, Muhtaram Prezidentmiz Shakat Mirziyoyevning biz yoshlarga bilodirgan ishonchlarini munosib oqlashga chaqirdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, Namangan viloyatining o‘rinbosari P.J.Matkarimov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi,Namangan viloyati teleradiokompaniyasi boshlig‘i M.Maqsudovlar ishtirok etdilar.

Saidakbar Mutalov - O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi

O'qilgan: 3965 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.