wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 08 Iyun 2016 00:00

“Kamolot oltin to’pi”

Joylashtirdi: 

Qizlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, sportning voleybol turini ommalashtirish, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o’rtasida o’zaro madaniy-sport aloqalarini yo’lga qo’yish hamda sport musobaqalariga ommaviy jalb qilish maqsadida, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kegashi hamda bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan 2015 yil 11 iyun kuni Oliy ta’lim muassasalari talaba qizlari o’rtasida voleybol bo’yicha “Kamolot oltin to’pi” Respublika turnirini tashkil etish to’g’risidagi 01-04/479-sonli qo’shma qarori imzolangan bo’lib, ushbu qaror bantlari ijrosini ta’minlash maqsadida turnirning viloyat bosqichi Namangan viloyat hokimining birinchi o’rinbosari O’.Ergashev tomonidan 2016 yil 2 iyunьda tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq shu yilning 7 iyun kuni Namangan davlat universiteti sport zalida o’tkazildi.  

Musobaqada Namangan davlat universiteti Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor A.Isoqboyev, Moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo’yicha prorektor B.Maxsudov, "Kamolot" YoIH viloyat kengashi mutaxasislari, universitet "Kamolot" YoIH BT yetakchisi SH.Mamadaliyev, Namangan muhandislik pedagogika instituti "Kamolot" YoIH faollari va voleybol jamoalari ishtirok etdilar. Qizg’in baxslarga boy o’tgan uchrashuvda Namangan davlat universiteti voleybol jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritib, turnirning shu yilning 11 iyun kuni Farg’ona viloyatida o’tkaziladigan hududiy bosqichida ishtirok etish yo’llanmasini qo’lga kiritdilar. Musobaqa yakunida ishtirokchilarga "Kamolot" YoIH viloyat kengashining Diplom va esdalik sovg’alari taqdim etildi.

NamDU “Kamolot” YoIH BT yetakchisi SH.Mamadaliyev

O'qilgan: 653 marta So'ngi o'zgartirish: Chorshanba, 08 Iyun 2016 14:17

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.