wrapper

Yangiliklar

Dushanba, 13 Iyun 2016 00:00

Oq yo‘l sizga aziz bitiruvchilar!

Joylashtirdi: 

Talabalik davrim mening, davronlarning zo‘risan,
Sen umrlar bahorisan, sen umrlar yozisan.

Shoir ushbu misralarni bitish oldidan qalbiga qanday go‘zal hislar tuygani, talabalikning unutilmas onlarini guvohi bo‘lganini sezish mushkul emas. Haqiqatdan ham talabalik yillarni oltinga tenglashtirishadi. Aslida esa, bu davrning oltindanda qimmatli ekanini albatta oliy dargohni bitirish arafasida, o‘qish davri tobora poyoniga yetganidagina anglash mumkin.

Ayni kunlarda Respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimlari bo‘lib o‘tmoqda. Shunday tadbirlardan biri bugun Namangan davlat universitetida ham bo‘lib o‘tdi. “Oq yul sizga, aziz bitiruvchilar!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda, universitetning professor-o‘qituvchilari, talabalar va ularning ota-onalari hamda bir qator faxriy o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Bu kun universitet hayotida o‘zgacha bir taassurotga boy kun bo‘ldi. Oliygohni tamomlagan bakalavr va magistrlar katta hayotga yetuk mutaxassis sifatida yo‘llanma olishdi.

NamDU rektori, t.f.d., professor A.Umarov, bitiruvchilarni qizg‘in qutlab, ularni keyingi hayotlarida ulkan mas’uliyatli va samarali ishlar kutayotganini, bu ishlarni oqilona bajarishlarida oliygohda olgan bilim va ko‘nikmalarining o‘rni beqiyos ekani va ustozlarning ugitlari alohida madadkor bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

Ko‘zlari ilmning kuchidan quvvat olgan baxtiyor bitiruvchilarning ramziy mantiya kiyib, kelgusidagi sohaga oid ishlarni sidqidildan bajarishlik uchun o‘qib eshittirilgan tantanali qasamyodlari tadbirning eng hayojonli daqiqalari sifatida namoyon bo‘ldi. Shundan so‘ng an’anaga ko‘ra, o‘quv yili yakunlari bo‘yicha alohida faollik ko‘rsatgan talabalarning ota-onalariga universitet ma’muriyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi va bir qator talabalar imtiyozli diplomlarga ega bo‘ldilar.

Bitiruv kechaga Namangan viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasidan S.Rizayev, Xalq ta’limi boshqarmasi vakili S.Ergashev va viloyat o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim boshqarmasi o‘rinbosari X.Nishanovlar tashrif buyurishib, bitiruvchilarni tabriklagan holda ularning keyingi faoliyatlariga oid zaruriy ma’lumot va tavsiyalarini aytib o‘tdilar.

- Men uchun talabalik yillarining eng esda qolarli lahzalari bu — albatta maktab, kollejlardan farqli bo‘lgan dars jarayonlari, kursdoshlarim bilan o‘tkazilgan badiiy kechalar va tadbirlar, o‘z navbatida stipendiya olgan kunlarim ham ajoyib xotiralarim sirasiga kiradi. Men kabi bitiruvchilarga tilagim shuki, katta hayot yo‘liga qadam ko‘yishar ekan, bu yo‘lda hamisha matonat, kuch-g‘ayrat, yuksak mas’uliyat va odillikla sobitqadam bo‘lishsin - deydi, ingliz tili yo‘nalshi bitiruvchisi U.Ro‘zimatov.

Ajoyib kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar tadbir sifatini yanada oshirdi. Umuman olganda oltin davrning yakuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri, bitiruvchilarning hayotida oltin lahzalar sifatida muhrlanishi tabiiy. 

Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchilar! Oldinda sizni porloq kelajak kutmoqda!

Saidakbar MUTALOV,
NamDU bitiruvchisi

O'qilgan: 894 marta So'ngi o'zgartirish: Dushanba, 13 Iyun 2016 11:23

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.