wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 16 Fevral 2017 00:00

“Bobur - jahongir alloma”

Joylashtirdi: 

Universitetimizda alloma va shoir, buyuk davlat arbobi Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida 2017 yil 14 fevral kuni Talabalar turar joyida Filologiya fakulteti talabalari bilan professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Bobur - jahongir alloma” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Filologiya fakulteti dekani, kafedra mudirlari va guruh rahbarlari ishtirok etdilar. Davra suhbatini fakultet dekani v.v.b. M.Qoraboyev o‘zining  kirish so‘zi bilan boshlab berdi. Shundan so‘ng O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti M.Sulaymonov “Bobur - buyuk tarbiyachi” mavzusida ma’ruza qildi. U o‘z ma’ruzasida Boburning nafaqat shox va shoir, balki buyuk pedagog ekanligini bir nechta faktlar bilan aytib o‘tdi.

Tadbirni O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti F.Karimova Bobur she’riyati haqidagi nutqi bilan davom ettirdi. Tadbir davomida fakultet talabalari va professor-o‘qituvchilar ishtirokida Bobur g‘azallaridan namunalar keltirildi va adabiyotshunoslar tomonidan mazmuniy tahlil qilindi.  

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.Soliyev

O'qilgan: 111 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.