wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 24 Dekabr 2015 00:00

O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi

O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi 

Kafedra mudiri - f.f.n. dots. Shavkatjon Abdurahmonov

Manzil: 716019, Namangan sh., Ibrat ko`chasi, 13.

Namangan Davlat universiteti 11-binosi

Telefon: +99890-261-44-56

e-mail: 

 

Kafedra 1942 –yilda “O`zbek tili va adabiyoti” nomi bilan ish boshlagan.

Ushbu kafedraga turli yillarda: 1942 -yildan 1944 -yilgacha S. Yoqubova, 1944- yildan 1947- yilgacha Fattoh Abdullayev, 1947 -yildan 1960- yilgacha Mirsalim Sharipov , 1960 -yildan 1962- yilgacha Tojiboy G’oziboyev kabi yetakchi olimlar mudirlik qilganlar. 1962- yilda kafedra ikkiga bo`lingan: “O`zbek tilshunosligi” va “O`zbek adabiyoti” kafedralari. “O`zbek tilshunosligi” kafedrasi mudirlari: 1962 -yildan 1976 -yilgacha dots. Mirsalim Sharipov, 1976 -yildan 1979- yilgacha dots. Adhamjon Abdullayev, 1979 -yildan 1993- yilgacha f.f.d.Boyqo’zi Turdaliyev, 1993- yildan 1999- yilgacha dots. Tursunboy Nu`monov, 1999- yildan 2005- yilgacha dots. Huriniso Usmonova, “O`zbek adabiyoti” kafedrasi mudirlari: 1962 -yildan 1970 -yilgacha dots. Tojiboy G’oziboyev, 1970- yildan 1981- yilgacha dots. O`g’ilxon Azimova, 1981- yildan 1984- yilgacha dots. Salohiddin Jamolov, 1984- yildan 1988- yilgacha dots.Odiljon Nosirov, 1988- yildan 1994- yilgacha dots. Salohiddin Jamolov, 1994- yildan 1998- yilgacha dots. Mahmudjon Ma`murov, 1998 -yildan 2005- yilgacha dots.Faridaxon Karimova. 2005-yilda mazkur ikki kafedra yana “O`zbek tili va adabiyoti” kafedrasiga birlashtirildi. Ushbu kafedraga: 2005- yildan 2008 -yilgacha dots. Huriniso Usmonova, 2008- yildan 2009 -yilgacha f.f.n. Shavkatjon Abdurahmonov, 2009 -yildan 2013-yil martgacha f.f.d. Huriniso Usmonova, 2013- yil martdan 2014- yil iyungacha dots. Faridaxon Karimova rahbarlik qilganlar.

2014- yil iyundan hozirga qadar kafedra f.f.n. Sh.Abdurahmonov rahbarligida faoliyat yuritmoqda.

 

O ’zbek tili va adabiyoti kafedrasi 5120100-o`zbek tili yo`nalishi bo`yicha mutaxassis tayyorlaydi. Bundan tashqari Lingvistika (o’zbek tili) yo’nalishi bo’yicha magistratura yo’nalishi ham faoliyat yuritadi.

Kafedrada T. G’oziboyev, B.Turdaliyev, F. Abdullayev, O. Nosirov, S.Jamolov, I. Abdullayev kabi Respublika ilm-faniga salmoqli hissa qo’shgan yetakchi mutaxassislar faoliyat yuritgan.

Ularning ilmiy faoliyatini davom ettirgan holda 2009- yilda kafedra mudiri H.Usmonova “O`zbek tilidagi gap bo`laklarining pozitsion strukturasi” mavzuida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2010- yil 30- aprel kuni kafedra dotsenti N.Uluqov “O`zbek tili gidronimlarining tarixiy-lisoniy tadqiqi” mavzuida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildilar. 2012-yil O. Karimov “Abdulla Oripov she’riyatida metaforik obrazlar tizimi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Kafedrada jami 19 nafar, jumladan, fan doktori 2 nafar, 6 nafari fan nomzodi, 7 ta dotsent, 4 nafar katta o’qituvchi va 7 nafar o’qituvchi faoliyat yuritmoqda. Kafedraning umumiy salohiyati 42%ni tashkil etadi. Kafedraning 5 nafar o`qituvchilari ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda. Kafedraning 11 nafar a`zosi kafedra belgilab bergan reja asosida ilmiy-uslubiy ishlar olib bormoqda.

O'qilgan: 2336 marta So'ngi o'zgartirish: Chorshanba, 30 Dekabr 2015 12:17

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.