wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 23 Dekabr 2015 00:00

Matematika kafedrasi

Kafedra mudiri – Xatamov Nosirjon Muydinovich fizika-matematika fanlari nomzodi.

Kafedra manzili: Namangan shahar, Uychi ko’chasi 369-uy, 3-qavat, 36-xona.

Telefon: 0 (369)  227 – 18– 72

Kafedra rahbarining telefon raqami: + 99890 – 555 – 57 – 34

Kafedraning elektron pochta manzili: 

 

Kafedraning qisqacha tarixi:

2011 yil fevral oyidan Matematika kafedrasiga kafedra mudiri lavozimiga saylandim.

2006-2010 yillar davomida “Ehtimollar nazariyasi va matematik tahlil” kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab keldim.

Bu davrda kafedra ilmiy salohiyat 72% tashkil qilar edi. O‘sha vaqtda Matematika fakulteti bo‘yicha 3 ta kafedra bor edi. Prezidentimiz Islom Karimovning optimizatsiyalash buyrug‘iga ko‘ra kafedralar birlashtirib “Matematika” kafedrasi tashkil qilindi. Shunda salohiyat 54% ga tushib ketdi. Shu bilan birga kafedra a'zolaridan 4 ta fan nomzodi, dotsentlar olamdan o‘tishdi. Shu bilan birga 16 nafar yosh magistrlarni ishga qabul qilindi.

Salohiyatni ko‘tarish uchun yosh o‘qituvchilarni ilmiy izlanishga jalb qildik. Kafedra qoshida “Differensial tenglamalar” ixtisosligi bo‘yicha aspirantura mavjud edi. Ushbu aspiranturada bir nechta yosh o‘qituvchilar tahsil olishdi. 

Mening kafedra mudirlik davrimda 3 nafar o‘qituvchi f.-m.f.n.ilmiy unvoni va 1 nafari p.f.n. ilmiy unvonini oldi. Bular M.Rahmatullaev – 2009 yil, T.Mirzaev – 2012 yil, A.Mirzamov-2012 yil va H.Najmiddinova – 2011 yillarda fan nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi. Ulardan ikki nafari o‘zimizdagi aspirantura bitiruvchisi.

Aspiranturani doktoranturaga almashtirish munosabati bilan bizning ikki nafar aspirantlardan bir nafari doktoranturaga o‘qishga qabul qilindi. 

Bundan tashqari 2 nafar professor-o‘qituvchimiz, ya'ni katta o‘qituvchi Xakimov Rustamjon hamda fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent v.b. Raxmatullaev Muzaffarlar ham doktoranturada o‘qimoqda. Ular hozirgi kunda doktorlik dissertatsiyasini yoqlash arafasida.

Mening faoliyatim davrida quyidagi darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiyalar chop etildi:

1) A.Mashrabbaev. Tarmoqlanish jarayoni uchun limit teorema. ISBN 978-9943-09-082-8 O‘zR FA “FAN” nashriyoti, Toshkent, 2007 yil. 

2) M.Mamatov, R.Ibragimov, A.Mashrabboev. Ehtimollar nazariya va matematik statistika. Toshkent, Grif № 1608, 2008 yil 28 feral.

3) T.A.Azlarov, D.Otaqo‘ziev. Matematikadan praktikum. (Matematik induksiya metodi). Toshkent, Grif № 1637, 2008 yil 28 feral, 51-buyruq. 

4) S.Alixonov, M.Rayemov. Matematika o‘qitishning xususiy metodikasi. O‘quv qo‘llanma. “Iqtisod-moliya” nashriyoti. Toshkent 2010 yil.

5) M.Badalov, H.Najmiddinova, A.Mirzamov. “Algebradan elektron qo‘llanma”. O‘zR davlat patenti, № DGU 01090 –Toshkent, 2010 yil.

6) S.Alixonov. Matematika o‘qitish metodikasi. Darslik. “Cho‘lpon” nashriyoti, Toshkent 2011 yil.

S.Alixonov. “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli darsligi “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti - 2012” tanlovida 1 – o‘rinni oldi. Ma'rifat gazetasi, 26 sentyabr, 2012 yil. 

Bundan tashqari har yili oliy o‘quv yurtlar orasida bo‘lib o‘tadigan “Matematika” fani bo‘yicha fan olimpiadasida kafedraning talabalari qatnashib kelmoqda. Bu yil ham Matematika yo‘nalishi 3-kurs 303-guruh talabasi J.Usmonov O‘zbekiston milliy universitetida bo‘lib o‘tgan 2-bosqich Respublika fan olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashgani munosabati bilan bizning talabamizga maqtov yorlig‘i berishdi.

Kafedraning innavatsion hamkorligi quyidagicha:

Kafedrada A-5-37 “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan multimediali intellektual o‘yinlar” nomli innovatsion grant ish olib bormoqda. Ushbu grantning rahbari kafedra dotsenti H.Najmiddinova. 

Kafedrada 1994 yildan beri “Yosh matematiklarning yangi teoremalari” nomli respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya an'anaviy tarzda har 3 yilda o‘tkazib kelinmoqda. Mening kafedra mudirlik davrimda ushbu konferensiya 2006, 2009 yillarda “Yosh matematiklarning yangi teoremalari-2006” va “Yosh matematiklarning yangi teoremalari-2009” nomi bilan o‘tkazildi. Ularning har birida 100 dan ortiq maqolalar chop ettirilib, bu maqolalar respublikadagi deyarli barcha OO‘Yu larini qamrab oldi. Navbatdagi konferensiya 2013 yil aprel oyida “Yosh matematiklarning yangi teoremalari-2013” O‘zMU qoshidagi Matematika instituti, Andijon davlat universiteti va Namangan davlat universiteti hamkorligida o‘tkazildi. Unda 250 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop ettirildi. Konferensiya ishtirokchilari Respublikadagi deyarli barcha OO‘Yu lari, Rossiya, Ukraina, Germaniya davlatlari professor-o‘qituvchi va tadqiqotchilardan iborat bo‘ldi. 

O‘zbekiston Milliy universitet qoshidagi matematika va informatika instituti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Namangan davlat universitetilarning “Ehtimollar nazariyasi va uning tatbiqlariga oid limit teoremalar” Akademik S.X.Sirojiddinov xotirasiga bag‘ishlangan ilmiy konferensiya 2015 yil 11-12 mayda Namangan davlat universiteti matematika kafedrasida o‘tkazildi. Bunda 300 ga yaqin ilmiy maqolalar chop etildi. 

Professor R.Ibragimov 1995 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.

Kafedra «5130100-Matematika» va «5130200-Amaliy matematika va informatika» yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar hamda 5A130100-Matematika mutaxassisligi bo‘yicha magistr tayyorlaydi. Kafedra mutaxassislari ehtimollar nazariyasining limit teoremalari, tarmoqlanish jarayonlari, Gibbs taqsimotlari, asimptotik yoyilmalar, xususan, algebra bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlar “Noassotsiativ algebra” yo‘nalishida olib boriladi. Hаr ikki yo‘nаlish bo‘yichа bаjаrilgаn ilmiy ishlаrning nаtijаlаri Rеspublikа miqyosidаgi ilmiy jurnаllаrdа vа nufuzli ilmiy kоnfеrеnsiyalаr mаtеriаllаridа chоp etib bоrilаdi. Bu sohada kafedra jamoasi O'zbekiston FA matematika institutining yirik olimlari bilan hamkorlik qilishadi. 

Hоzirgi kundа kаfеdrаdа fizikа – mаtеmаtikа fаnlаri dоktоri, prоfеssоr A.Abdushukurov, mаtеmаtikа fаnlаri dоktоri, prоfеssоr O`.Roziqov, mаtеmаtikа fаnlаri dоktоri, prоfеssоr B.Omirov, fizikа – mаtеmаtikа fаnlаri dоktоri, prоfеssоr V.Hojiboyev, Fizika – matematika fanlari nomzodi, professor R.Ibragimov, Fizika – matematika fanlari nomzodi, dotsent A.Mashrabboyev, Fizikа – mаtеmаtikа fаnlаri nоmzоdi, dotsent S. Murоdхujаеv, Fizikа – mаtеmаtikа fаnlаri nоmzоdi, dotsent M.Хоlmurоdоv, Fizikа – mаtеmаtikа fаnlаri nоmzоdi, dotsent Х. Rаsulоv, Fizikа – mаtеmаtikа fаnlаri nоmzоdi, dotsent N.Xatamov, Fizikа – mаtеmаtikа fаnlаri nоmzоdi T. Аbdullаеv, Fizika – matematika fanlari nomzodi M.Rahmatullayev, Fizika – matematika fanlari nomzodi T.Mirzayev, Pеdаgоgikа fanlari nomzodi Х.Nаjmiddinоvа, katta o‘qituvchi R.Xakimov, o‘qituvchilаr R.Islоmоv, O‘.Mаmаdаliyеv, R. Polvanov, I.Jo’rayev, Z.Boxonov, I.Sattarov, D.Maxmudova, M.Karimov, R.Mamadjonov, F.Xolmurodov, M.Xorilov, R.Sobitov, J.Egamov, A.G`ofurov, F.Sharipov kаfеdrаdа o‘quv vа uslubiy ishlаrni оlib bоrmоqdаlаr.

Kafedraning vazifalari: 

Kafedraning vazifasi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-axloqiy va tarbiyaviy hamda tashkiliy-uslubiy ishlarni qamrab olgan istiqboliy va joriy (yillik) rejalarga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishi kafedra mudiri raisligida o‘tkaziladigan majlislarda muhokama etiladi. Kafedra majlislariga boshqa kafedralar va oliy ta'lim muassasalaridan xodimlar taklif etilishi mumkin.

Kafedraning ilmiy salohiyati:

Kafedrada asosiy tarkibda 21 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib, ulardan, 7 nafari fan nomzodi. Kafedra ilmiy salohiyati 33 foizni tashkil etadi.

Kafedra professor-o‘qituvchilarining tayanch ma'lumotlari kafedra yo‘nalishi va unda o‘tiladigan fanlarga mos keladi.

Kafedraning faoliyati to`g`risida ma`lumotlar:

Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

- rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;

- kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta'lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan horijiy mamlakatlarning ta'lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntzam ravishda olib borish va takomillashtirish;

- kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;

- darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan horijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;

- o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarish ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta'limning davlat ta'lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta'lim sifatini ta'minlash;

- talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyixalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

- talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

- iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarni shu jumladan “Iste'dod” jamg‘armasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarni takomillashtirish bo‘yicha chora ko‘rish;

- talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosida tashkil etish, iqtidorli talabalarni tadqiqotga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarni individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;

- tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarni muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini shlab chiqarishga joriy etish, ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash;

- kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rajalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-ma'rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarni ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;

- zamonaviy pedagogik va axborot komunikatsiya texnologilarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta'lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta'lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texniklari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarida tishkil qilish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish;

- ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik disserdatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta'lim xujjatlarining me'yor talablariga javob berishni belgilash bo‘yicha ekspert guruhlarni tarkibida ishtirok etish;

- byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;

- Matematika ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari hamda mazkur kafedrada stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy-izlanuvchi bo‘lganlar bilan mutnazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;

- kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta'lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;

- horijiy ta'lim muassasalari bilan ta'lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

- talabalarning qiziqishlarini e'tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;

- kafedrada o‘qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini ta'minlash, hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna va qurilmalar bilan jihozlanishiga homiylarni keng jalb etish;

- universitet axborot-resurs markazining kafedra ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorat qilish;

Kafedraning boshqa tashkilotlar bilan aloqalari:

1. Matematika kafedrasi NamDU qoshidagi 1-akademik litsey, 2-akademik litsey, 3-akademik litsey va NamMPI qoshidagi akademik litseylar bilan Matematika kafedrasining matematika yo‘nalishi bitiruvchi talabalari pedagogik malakaviy amaliyotni o‘tkazishi uchun hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Bitiruvchi talabalar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muassasalarda pedagogik amaliyotni o‘tab tajriba  oshirib keldilar.  

2. O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi matematika instituti bilan NamDU matematika kafedrasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan. Bunda matematika instituti yetakchi ilmiy-xodimlari matematika kafedrasining bir qator professor-o‘qituvchilariga ilmiy tadqiqot ishlarida rahbarlik qilishlari ko‘zda tutilgan. Jumladan, matematika kafedrasida 2014 yil birinchi yanvarga qadar katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan R.M.Xakimov va f.-m.f.n. M.M.Raxmatullaevlarga hozirgi kunda matematika intstituti yetakchi ilmiy xodimi professor O‘.A.Rozikov rahbarlik qilmoqda. Bundan tashqari kafedrada hozirda faoliyat yuritayotgan N.Xatamov, I.Sattarov, Z.Boxonov, O‘.Mamadaliev, M.Karimov, I.Jo‘raev va F.Xolmurodovlar matematika instituti yetakchi ilmiy xodimlari professorlar A.A'zamov, O‘.A.Rozikov, B.Omirov, A.Abdushukurovlar rahbarligida o‘z ilmiy tadqiqotlarini olib borishmoqda. Buni natijasida chet elning nufuzli jurnallarida ilmiy maqolalar chop etilmoqda.

Oxirgi 3 yil davomida kafedra: 

2013-2014 o‘quv yilida kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan monografiyalar, ilmiy maqolalar chop ettirish, iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimiga alohida e'tibor qaratildi. 2013-2014 o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 45 ta ilmiy maqolalar nashr etildi, ilmiy konferensiyalarda ilmiy ma'ruzalar bilan ishtirok qilindi. Kafedrada iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish maqsadida ular tarkibini aniqlash, iqtidorli, ilmiy-tadqiqotchilik salohiyatiga ega talabalar bilan individual ishlashga e'tibor qaratildi.

2014-2015 o‘quv yili mobaynida kafedrada o‘qitiladigan mavjud 14 ta fandan 14 tasini o‘quv uslubiy majmualari tayyorlandi.

Kafedrada o‘qitiladigan mavjud 14 ta fandan ma'ruza matnlari tayyorlandi.

Kafedrada o‘qitiladigan mavjud 14 ta fandan o‘quv dasturlari tayyorlandi.

2014-2015 o‘quv yilida kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan monografiyalar, ilmiy maqolalar chop ettirish, iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimiga alohida e'tibor qaratildi. 

2014-2015 o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘plab ilmiy maqolalar nashr etildi, ilmiy konferensiyalarda ilmiy ma'ruzalar bilan ishtirok qilindi.

Kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari tomonidan 2014-2015 o‘quv yilda jami 95 ta ilmiy maqolalar chop etildi. Shundan:

Xorijda - 21

Respublika miqiyosida - 49

OTM miqiyosida – 15

O‘quv qo‘llanma - 10

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilinmoqda. Kafedrada yo‘nalish iqtidorli talabalarini qamrab olgan “Yosh matematiklar” to‘garagi faoliyat olib bormoqda. To‘garak rahbari Xorilov Mahmudjon.

Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha mas'ul Iskandar Sattarov. U hozirgi kunda bir necha talabalar bilan ishlab kelmoqda. Iqtidorli talabalarni ilmiy mavzulari bo‘yicha kafedraning professor-o‘qituvchilari ham o‘z maslahatlarini berib kelmoqdalar. Bu o‘quv yiliga bittadan ilmiy maqola reja bo‘yicha tayyorlashdi.

Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika va axborotlar-texnologiyasi  instituti bilan doimiy hamkorlikda ilmiy ishlar olib boriladi. Hozirgi kunda bu institutning yetuk  ilmiy xodimlari professor A.A'zamov, professor A.Abdushukurov, professor U.Rozikov va  professor B.Omirovlar kafedraning 5130100-matematika yo‘nalishi bitiruvchi kurs 15 nafar talabalariga BMI rahbarlik qilib kelmoqdalar.

O'qilgan: 2461 marta So'ngi o'zgartirish: Seshanba, 29 Dekabr 2015 18:22

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.