wrapper

Yangiliklar

Seshanba, 29 Dekabr 2015 00:00

Kasb ta'limi kafedrasi

Kafedra mudiri: Akramov Husniddin
Manzil: Namangan shahri, Uychi ko’chasi 316 uy
Telefon:
Elektron pochta:

"Kasb ta`limi" kafedrasi "Ishlab chiqarish asoslari" kafedrasi nomi bilan "Fizika" kafedrasi bazasida 1958 yilda tashkil topgan. Kafedrani 1968 yildan 1981 yilgacha katta o’qituvchi O. Eshonov, 1982-1984 yillar fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent G. Xusanov, 1984 yildan boshlab 1986 yilgacha yana professor O. Eshonov, 1986-1989 yilda dotsent G. M. Tubaev, 1990-1993 yillarda professor A.Raximov, 1993-1997 yillarda dotsent T.Umaraliev, 1997-2005 yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent S.X.Abdullaev, 2006-2013 yillarda fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent I.T.Uluxanov va 2013 yildan boshlab pedagogika fanlari nomzodi, dotsent X.M.Akramov  rahbarlik qilib kelmoqda.

2015 yil may oyigacha kafedra “Umumtexnika fanlari va kasb ta’limi” nomi bilan nomlanib kelingan. 2015 yil 1 maydan boshlab kafedra “Kasb ta’limi” nomi bilan ish yurita boshladi. 

Hozirgi kunda kafedrada ikki nafar fan nomzodlari va dotsentlar: X.M.Akramov, I.T.Uluxanov, uch nafar katta o’qituvchi: SH.SH.Bannoev, K.M.Umarov va J.R.Muhitdinova, assistentlar:  A.Sayfitdinov, SH.Xudoyqulov, A.Nabiev, A.Matkarimov, o’quv ustalari: S.Imodova, M.Axmadaliyeva hamda laborant M.Usmonjonovalar mehnat qilmoqdalar. 

Kafedraga tegishli duradgorlik, chilangarlik, tikuvchilik o’quv ustaxonalari va laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish xonalari zamonaviy asbob-uskunalar, laboratoriya qurilmalari, Pentium IV kompyuterlari hamda videoproyektorlar bilan jihozlangan. Ularda mashg’ulotlarni to’laqonli o’tish imkoniyati mavjud.

Kafedra o’qituvchilari quyidagi uch yo’nalish bo’yicha ilmiy izlanish olib bormoqdalar:

1.Umumta`lim maktablarida mehnat ta`limini takomillashtirish muammolari.

Bu yo’nalish bo’yicha pedagogika fanlari nomzodi, dotsent X.Akramov,  o’qituvchilar J.Muxitdinova, A.Sayfitdinovlar shug’ullanmoqdalar.

2.Kasb-hunar ta`limi magistratura va bakalavriat tizimida ta`lim nazariyasi va uslubiyoti masalalari. 

Bu  yo’nalish  bo’yicha pedagogika fanlari nomzodi, dotsent S. X. Abdullaev rahbarligida katta o’qituvchi K.Umarov va o’qituvchi A.Nabiyevlar ilmiy izlanishlar olib boradilar. 

3.Materiallarning tuzilishi va xossalarini o’rganish hamda maxsus fanlarni o’qitish uslubiyoti. 

Bu yo’nalish bo’yicha fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent I.T.Uluxanov rahbarligida katta o’qituvchi SH.Bannoev va o’qituvchi A.Matkarimovlar shug’ullanadilar. 

Kafedradagi bir qator olimlarning ilmiy ish natijalari xorijiy mamlakatlarning markaziy va ilmiy jurnallarida ham chop etilgan.

Kafedra mudiri X.M.Akramovning 2006 yil Avstriya davlatida chop etiladigan ilmiy jurnalda “O’qitishning dolzarb muammolari va ularni hal etish” nomli, 2007 yilda Germaniya davlatida  “Ma’ruzalar jarayonida o’quvchilar faolligini oshirish” nomli maqolasi e’lon qilingan. 2013 yilda  Novosibirskda “Вестник академии наук России” ilmiy jurnalida “Использование педагогических технологий на лекциях” nomli maqolasi e’lon qilingan. 2014 yilda Rossiya.Sankt-peterburg shaxrida o’tkazilgan 12-Xalqaro konferantsiyasida  “Педагогические технологии как основа развития познавательной деятельности студентов” va “Формирование личностних качеств студентов ВУЗов” nomli maqolalari e’lon qilingan.

Dotsent I.T.Uluxanovning "Turli kristallarning o’tik parametrlarini aniqlashning s’ektrofotometrik usuli" nomli ilmiy dokladi o’tikaviy fanlar Xalqaro kongressida (Niderlandiya, 1991, 1992 yil) va "Lazer kristallarining o’tik va mexanik xossalari" o’tik kristallar fizikasiga bag’ishlangan xalqaro simpoziumda (Budapesht, 1989 y.) e’lon qilingan.  U kristallar spektroskopiyasi bo’yicha avtorlik guvohnomasi muallifidir.

Kafedra O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqillik bayrami, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Vatan himoyachilari, Xalqaro xotin-qizlar, Navro’z bayrami, Xotira va qadrlash kunlariga bag’ishlab o’tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va viloyat miqyosida o’tkaziladigan texnik ijodkorlik ko’riklarida  muntazam ishtirok etib kelmoqda.

Kafedra olimlari Rossiya davlatining FA ga qarashli Kristallografiya ITI, Moskva davlat pedagogika instituti, Respublikamizning bir qator yetakchi oliy o’quv yurtlari va Q.Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti bilan uzoq yillarga mo’ljallangan o’quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlik aloqalarini o’rnatgan.

Dotsent I.T.Uluxanov - “Определение оптических свойств гиротропных поглощающих кристаллов”, dotsent S.X.Abdullaev “Oliy ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirishga tizimli yondoshuv”, dotsent X.M.Akramov – “Bakalavriat yo’nalishi talabalarini kasbiy faoliyatiga ijodiy tayyorgarligining pedagogik omillari”, o’qituvchi A.Nabiev “Yuqori qovushqoqlik neftlarni truba orqali uzatish jarayonini mukammallashtirish”, katta o’qituvchi K.Umarov “Bo’lajak kasbiy ta’limi o’qituvchilarining amaliy faoliyatga tayyorlash texnologiyasi”, o’qituvchi SH.Xudoyqulov “Oliy ta’lim muassasalari o’quv ustaxonalarida amaliy mashg’ulotlar samaradorligini oshirish duradgorlik mashg’ulotlari misolida” kompleks mavzusi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

 

O'qilgan: 3015 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.