wrapper

Yangiliklar

Juma, 13 Yanvar 2017 00:00

2017 yilning 11 yanvar kuni “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan Uchqo‘rg‘on tumani Qayqi qishlog‘ida tug‘ilgan, marhum leytenant Atabayev Adhamjon Rahimjonovichni xotiralab tug‘ilgan uyiga tashrif buyurildi

Joylashtirdi: 

Joriy yilning 11 yanvarida Namangan davlat universitetining Fizika-matematika, Jismoniy madaniyat hamda Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetlarining professor-o‘qituvchilari  Ona vatan himoyasi yo‘lida chegara qo‘shinlari tarkibida yigitlik burchini o‘tash vaqtida qahramonlarcha xalok bo‘lgan Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani Qayqi qishlog‘ida 1980 yilning 19 aprelida tavallud topgan Atabayev Adxamjon Rahimjonovichni xonadoniga tashrif buyurdilar. Ularni xonadon egalaridan Ahmadjonning onasi  Qoriyaxon aya, singlillari va ukasi kutib oldi.

Onasi farzandi Axmadjonni o‘rta maktabda yaxshi o‘qigani, namunali o‘quvchilardan biri bo‘lganligini, maktabni bitirgandan so‘ng Samarqanddagi Oliy Xarbiy bilim yurtiga o‘qishga kirib, bilim yurtida ham yaxshi o‘qigani to‘g‘risida gapirib berdi. Axmadjon oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lib, ukalariga 1997-2001 yillarda bilim yurtida o‘qigan davrida sadoqatli xizmati, mehnatsevarligi, uni bitirgandan so‘ng birinchilardan bo‘lib Vatan himoyasiga borgani to‘g‘risida to‘lqinlanib so‘zlab berdi. Onasi farzandi Adxamjonni yurish turishda, mehnat qilishda og‘ir bosiqlik va sidqidildan yondoshishi, kishilarga ko‘mak berishi, katta va kichikni teng hurmat qilishi, barchaga barobarlik xislatlarini fahir bilan yodga oldi.
Universitetdan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilardan fizika-matematika fakulteti dekan o‘rinbosarlari Muxibjon Inomov, Ravshanbek Islamov va kasb ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi Komiljon Umarovlar Axmadjonning onasi va oila a’zolariga o‘z hamdardliklarini hamda ular qatorida universitet jamoasi ham yurt qahramoni bilan faxrlanishlarini bildirib o‘tdilar.
Xarbiy leytenant Adhamjon 2001 yilning 29 mayida Jizzax viloyatining Bahmal tumanida sarhadlarini qo‘riqlash vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan.
Uning xotirasi barcha vatandoshlarimiz bilan qatorida Uchqo‘rg‘on tumani xalqining yodida abadiy saqlanib qoladi.

Inson ulug‘, uning xotirasi esa abadiydir.
Fizika-matematika fakulteti ma’naviy -ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.S.Sayfitdinov
Kasb ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi K.M.Umarov

O'qilgan: 65 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.