wrapper

Yangiliklar

Shanba, 13 May 2017 00:00

“Inson manfaatlari – ulug‘ qadriyat” nomli ko‘rgazma va “Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik – barqarorlik omili” mavzuida ochiq muloqot o‘tkazildi

Joylashtirdi: 

2017 yil 11 may kuni Namangan davlat universitetida O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va bag‘rikenglikni keng targ‘ib etish maqsadida Namangan viloyati hokimligi, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi bilan hamkorlikda ko‘rgazma va ochiq muloqot tashkil etildi.

“Inson manfaatlari – ulug‘ qadriyat” nomli mazkur ko‘rgazmada universitetning tasviriy san'at va muhandislik grafikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan ishlangan asarlar namoyish etildi.
Tadbir ishtirokchilari universitetning kirish darvozasidan tantanali ravishda kutib olindi. Tadbir ishtirokchilari universitetga tashrif buyurib, “Inson manfaatlari – ulug‘ qadriyat” nomli ko‘rgazmada ishtirok etdilar. Ko‘rgazmaga universitetning Tasviriy san'at va muxandislik grafikasi yo‘nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan rasmlar qo‘yildi. Ko‘rgazma tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish bilan birgalikda e'tiroflariga sabab bo‘ldi.
Shundan so‘ng mehmonlar Namangan davlat universitetining Katta majlislar zalida “Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik – barqarorlik omili” mavzuida ochiq muloqotga tashrif buyurdilar. Tadbirda Baynalmilal madaniyat markazi direktorining o‘rinbosari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi,  Mironov Sergey Aleksandrovich, Respublika Rus milliy madaniy markazi raisi Aristov Aleksandr Valentinovich, Respublika Koreys milliy madaniy markazi madaniyat bo‘limi xodimi Kim Magdalina,  “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi bo‘lim mudiri Sattarov  Sherzodbek, Namangan viloyati xokimining o‘rinbosari Matkarimov Habulla Qurbonovich, Namangan davlat universiteti ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Isoqboevlar va universitet professor-o‘qituvchilar, talabalardan 302 nafari ishtirok etdilar. 
Tadbirni universitet ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Isoqboev ochdi va olib bordi. Dastlab, O‘zbekiston baynalmilal madaniyat markazining 25 yilligiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi.
 Film namoyishidan so‘ng so‘z Baynalmilal madaniyat markazi direktorining o‘rinbosari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi,  S.A.Mironovga berildi. Sergey Aleksandrovich tadbir ishtirokchilarini tabriklab, mustaqil diyorimizda turli millat vakillariga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berdi. Ayniqsa Respublika baynalminal markazi faoliyatiga davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev  tomonidan berilayotgan e'tibordan minnatdor ekanligini bildirdi.
Tadbirda so‘zga  chiqqan  Respublika  Rus milliy madaniy markazi raisi  A.V.Aristov ham  turli millat vakillariga yurtimizda berilayotgan imkoniyatlar va bu imkoniyatlardan keng foydalanib, yurtimiz ravnaqi, tinch  va osuda hayotmizga bayramlar, mana shunday ajoyib tadbirlar bo‘lishini ta'kidladi. Shundan so‘ng, “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi bo‘lim mudiri Sattarov Sherzodbek so‘zga chiqib, aynan “Kamolot” YoIH tomonidan turli millat yoshlariga yaratib berilayotgan sharoitlar va ulardan yoshlar keng  foydalanilayotganligini ta'kidlab o‘tdi.
 Ochiq muloqotda so‘z olgan Namangan davlat universiteti Tarix kafedrasi katta o‘qituvchisi, qirg‘iz millatiga mansub, Ikromjon  Qo‘ziqulov, o‘qituvchi, rus millatiga mansub Lyudmila Sokolova, jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi Anantasiya Kudryasova, ingliz tili yo‘nalishi talabasi Kim Alinalar so‘zga chiqib mamlakatimizda turli millat vakillariga berilgan keng imkoniyatlar va bulardan  barcha birdek foydanilayotganligini  faxr va iftixor bilan e'tirof etdilar.
Shundan so‘ng  Namangan davlat universiteti Musiqiy ta'lim yo‘nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan musiqali bayram dasturi namoyish etildi. Dasturda Musiqiy ta'lim yo‘nalishi talabalaridan Shahzodbek Rustamov, Yashnarbek Soyibnazarovlar ajoyib qo‘shiqlari bilan tadbir ishtirokchilarini xushnud etdilar. Musiqiy qismda Respublika Koreys milliy madaniy markazi madaniyat bo‘limi xodimi Kim Magdalina ham musiqali  bayram dasturida  o‘zini ajoyib qo‘shiqlari bilan ishtirok etdi va barcha tadbir ishtirokchilarini xushnud qildi. Tadbirni universitetning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Isoqboev yakunlab, barcha ishtirokchilarga, tashrif buyurgan mehmonlarga universitetimiz rektorati hamda professor-o‘qituvchilar  va talabalar nomidan minnatdorchilik bildirdi.


Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i I.Atamirzaev

O'qilgan: 14048 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.