wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 17 May 2017 00:00

“O‘zbekistonda sud-huquq tizimidagi islohotlar va ularning demokratik jamiyat barpo etishdagi o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Joylashtirdi: 

2017 yil 17 may kuni Namangan davlat universitetining Kichik majlislar zalida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan viloyati sudining raisi A.Shukurov va Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan viloyati sudining sudyasi M.Sultonova ishtirokida “O‘zbekistonda sud-huquq tizimidagi islohotlar va ularning demokratik jamiyat barpo etishdagi o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Davra suhbatini ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Isoqboyev ochdi. U kirish so‘zida O‘zbekistonda sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida sud-huquq tizimidagi islohotlar masalasi xususida to‘xtaldi.

Davra suhbatida so‘z olgan Namangan viloyati sudining raisi A.Shukurov sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, mamlakatimizda adolat va qonun ustivorligiga, fuqarolarning va yuridik shaxslarning huquq va manfaatlarining himoya qilinishi, huquq va erkinliklarning ishonchli himoya qilish kafolatlariga oliy qadriyat sifatida qaralayotgani xususida fikr-mulohazalarini bildirdi. 

Shundan so‘ng davra suhbatida so‘z olgan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan viloyati sudining sudyasi M.Sultonova nikohdan ajratish va aliment undirish bilan bog‘liq ishlarning o‘ziga xos xususiyatlari xususida fikr bildirdi. Bugungi kunda yoshlarni turmushga tayyorlash bilan bog‘liq muammolarning mavjudligi nikohdan ajratish jarayonlarining ko‘plab uchrayotganiga sabab bo‘layotganin ta’kidlab, nikohdan ajratish bilan bog‘liq Namangan viloyatidagi 2014-2017 yillarga oid statistik ma’lumotlarni keltirib o‘tdi.

Davra suhbatida talabalar tomonidan berilgan savollarga A.Shukurov va M.Sultonovalar tomonidan asosli javoblar berildi. Shuningdek, talabalar tomonidan shunday tadbirlarni doimiy o‘tkazib turish bo‘yicha viloyat sudiga taklif berildi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Isoqboyev  

O'qilgan: 13654 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.