wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 23 Mart 2016 00:00

Xalqaro hamkorlik amalda

Joylashtirdi: 

2016 yil 11-17 mart kunlari NamDU bir guruh professor-o‘qituvchilari (Kasb ta’limi kafedrasi mudiri, dots.X.Akramov, Kasb ta’limi o‘qituvchilari J.Muxitdinova hamda A.Sayfitdinov, shu kafedrasi iqtidorli talabasi M.Tillayeva, Amaliy san’at kafedrasi magistrlari N.Suyarov hamda M.Sharipjonov, Ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi D.Mamatova, NamDU Halqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i P.Lutfullayev) Germaniyaning Flensburg shaxridagi Yevropa universiteti qoshida tashkil etilgan “Milliy hunarmandchilik orqali millatlararo muloqotni rivojlantirish” mavzusidagi halqaro loyiha doirasida trening-seminarda ishtirok etishdi.

Mazkur seminarning asosiy maqsadi jun tolalardan hosil qilingan voylok (namatdan) mahalliy iste’molchilarga mo‘ljallangan turli buyumlar yasash.

Birinchi ish kuni barcha seminar ishtirokchilari o‘zlari tayyorlagan namunalarini namoyish etishdi. Har bir taqdim etilgan buyumni guruhlarda muxokama etildi va avtorlarga buyumlarini takomillashtirishga oid tavsiyalar berildi

    

 

Ikkinchi ish kuni xalq hunarmandchilikni rivojlantirishga doir masalalar muxokama etildi. Uchinchi va to‘rtinchi kunlari berilgan tavsiyalarga asosan barcha seminar ishtirokchilari mazkur universitetining maxsus jihozlangan o‘quv auditoriyalarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib o‘z buyumlarini takomillashtirdilar.

    

 

 

 

Seminarning yakuniy kuni tayyorlangan buyumlarni ko‘rgazmasi tashkil etildi va mutahassislar tomonidan atroflicha muxokama etildi. Bundan tashqari loyihaning kengi bosqichiga rejalar tuzildi.

    

Seminar yakuni bo‘yicha barcha qatnashchilarga guvoxnomalar berildi.

 

 

Kasb ta’limi kafedra mudiri dots.X.Akramov

Xisobot yozuvchi J.Muxitdinova

O'qilgan: 353 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.