wrapper

Yangiliklar

Juma, 29 Aprel 2016 00:00

Kafedrada Kasb-hunar kollejlar bilan hamkorlik.

Joylashtirdi: 

2016 yil 8 yanvar kuni “Kasb ta’limi” kafedrasi professor-o’qituvchilari To’raqurg’on qisholoq xo’jalik kasb-hunar kollejida “Kasbiy fanlarni o’qitishning dolizarb muammolari” mavzusida semenar tashkil etdilar.

Kafedra dotsenti X.M.Akramov “Mutaxasislik fanlarini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish” mavzusida maruza qildilar. Kafedra dotsenti I.T.Uluxanov “Muxandislik fanlarini o’qitishda multimediyani axamyati” mazusida, kafedra o’qituvchisi SH.S.Xudoyqulov “O’quv xona, ustaxona, maydonlarni jihozlash va xom-ashyo materiallardan foydalanish” mavzusi bo’yicha maruza qildilar.

To’raqo’rg’on qishloq xo’jalik kasb-xunar kollejida 2016 yil 4-9 - yanvar kunlari 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ni munosib nishonlash, kollej o’qituvchi va ishchi-xodimlari o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ibot qilish maqsadida o’tkazilgan tadbirda kafedra professor-o’qituvchilari ishtirok etdilar.

Ushbu tadbirda kollej o’qituvchi va ishchi-xodimlari o’rtasida turli sport o’yinlari o’tkazildi. Golib bo’lgan o’qituvchi va ishchi-xodimlari taqdirlash marosimida kafedra mudiri X.Akramov va kafedra filiali mudiri Sh.Xudoyqulovlar ishtirok etib o’zlarini faxriy yorliq va sovg’alarini topshirdilar.

2016 yil 1 fevral kuni kafedrasi professor-o’qituvchilaridan A.S.Sayfitdinov va Sh. Xudoyqulovlar To’raqo’rg’on qishloq xo’jalik kasb-xunar kollejida olib borilayotgan ta’lim-tarbiya ishlari yuzasidan o’rgandilar.

Shu kuni A.Sayfitdinov tomonidan Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha texnik-mexanik yo’nalishi 2 bosqich 46 guruh talabalariga Elektronika va elektrotexnika asoslari fanidan ochiq ma’ruza darsini tashkil qildi, Sh.Xudoyqulov tomonidan Qishloq xo’jalik mexanizatsiyalash yo’nalishi 2 bosqich 52 guruh talabalariga Matereialshunoslik fanidan ochiq ma’ruza darsi o’tkazildi.

2016 yil 13-fevral kuni Zahiriddin Muxamad Boburning tavalludiga 533 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan “Boburning izdoshlari” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda qatnashdilar.

2016 yil 15 fevral kuni ochiq eshiklar kuni tashkil etilgan unda To’raqo’rg’on tumanidagi 1,2,3,4,7,8,10,12,13 sonli maktab 9-sinf bitiruvchilarini kollejda ta’lim olish shar-sharoitlari bilan tanishtirilgan va kolleda tayyoranadiga kichik mutaxasisliklar xaqida ma’lumotlar berildi.

2016yil 26-fevral kuni To’raqo’rg’on qishloq xo’jalik kasb-hunar kollejida tumandagi bitiruvchilarini ishga joylashtirishga ko’maklashish bo’yicha “Yoshlar bandligi” shiori ostida bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi va unda To’raqo’rg’on tuman xokimining ijtimoiy iqtisodiy masalalar bo’yicha o’rinbosari A.Axmedov, Tuman prokurori yordamchisi A.Yusupov, Tuman “Davr” gazetasi muxariri Z.Kenjaeva, tuman “Kamolat yoshlar ijtimoiy xarakati” raxbari G’.Xomidov, mehnat faxrisi I.Sattorov, NamDU kasb ta’limi kafedrasi professor-o’qituvchilaridan Sh.Xudoyqulov va A.Matkarimovlar ishtirok etishdilar.

Tumanda kasb-hunar kollejlarini 2015/2016 yilda 2780-nafar bitiruvchilar bitirayotganligi, bulardan 1208-nafari qizlar ekanligini takidladi. 2016 yilda yangi ish o’rinlari tashkil etish belgilangan.

2016 yil 1 mart kuni To’raqo’rg’on qishloq xo’jalik kasb-xunar kollejiga Namangan davlat universiteti rektori A.V.Umarov, Al va KXKlari bilan ishlash bo’yicha prorektor K.Boymirzaev, Kasb ta’limi kafedrasi mudiri X.Akramov, kafedra filiali mudiri Sh.Xudoyqulovlar tashrif buyurdilar. Tashrif davomida kollejda olib borilayotgan ta’lim tarbiya ishlari, ma’naviy-marifiy ishlar, kollejdagi ta’lim-tarbiya ishlariga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib o’rgandilar. NamDU rektori kollejda bo’layotgan dars mashg’ulotlariga kirib o’qituvchi va o’quvchilar bilan suxbalar olib bordilar. Tashrif yakunida kollej o’qituvchilar bilan kollejdagi ayrim muamolar va ularni bartaraf etish yuzasida munozara olib bordilar.

Kasb ta’limi kafedrasi professor-o’qituvchilari To’raqo’rg’on qishloq xo’jalik kasb-xunar kollejida 31 mart 2016 yil kuni kollejda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya ishlari yuzasidan o’rgandilar va ochiq maruzalarni tashkil etdilar. Kafedra o’qituvchisi Sh.Xudoyqulov tomonidan Avtomobillarni tamirlash va texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha texnik-mexanik yo’nalishi 1 bosqich 31 guruh talabalariga Texnik mexanik fanidan ochiq ma’ruza darsi o’tildi.

Kollej xududidagi erlarda unumli foydalanish va obodonlashtirish ishlari qizg’in suratda olib borilmoqda. Xozirgi davrgacha 2000 tup turli navdagi gullar, 500 tupga yaqin mevali daraxtlar, 600 tupga yaqin manzarali daraxtlar ekildi, kollejda 10 sotix erga limonariya issiqxonasi tashkil etilgan va sabzovot enkinlari ekilgan.

Kasb ta’limi kafedrasining To’raqo’rgon qishloq xo’jalik kasb-hunar kolleji filiali mudiri o’q. SH.S.Xudoyqulov “Oliy ta’lim va kasb-hunar kollejlarining uzluksiz ta’lim tizimidagi integratsiya jarayoni” xaqida muntazam ish olib borilmoqda. Jumladan “Metallar texnalogiyasi”, “CHilangarlik” “Mashinasozlik texnologiyasi”, “Mashinasozlikda materialshunoslik”, “Metallarga mexanik ishlov berish”, “Hayotyiy faoliyat xavfsizligi” kabi fanlaridan amaliy mashg’ulotlar ucun uslubiy kursatmalar tayyorlanib kollej axbotor resusurislar markaziga topshirib kelinmoqda.

Hamkorlikda olib borilayotgan tadbirlarda kafedra hamda To’raqurg’on qishloq xo’jalik kasb-hunar kolleji professor-o’qituvchilari mazkur kollejda uslubiy ta’minotni shakllantirishdagi faoliyatlarini tashkil etish, kollejga zaruriy o’quv adabiyotlarini yaratish borasida ko’maklashish uchun shartnoma asosida “Hayotyiy faoliyat xavfsizligi” va shu kabi muhandislik fanlaridan ma’ruza va laboratoriya mashg’ulotlari uchun uslubiy qo’llanmalar tayyorlanmoqdaligi ta’kidlandi.

Umumtexnika fanlari va kasb ta’limi kafedrasida To’raqurg’on qishloq xo’jalik kasb-hunar kolleji pedagoglari va muhandis-pedagoglariga tajriba almashish va malaka oshirish uchun shart sharoitlar yaratilishi zarurligi, ochiq darslarga o’zaro tashrif buyurishlari, kafedra ilmiy -uslubiy seminarlarida kollej o’qituvchilarining ishtiroki ta’minlanishi xaqida to’xtalib o’tildi.

Hamkorlikni yaxshilash va samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilarni taklif etildi. kollejning moddiy texnika bazasidan imkoniyat darajasida kengroq foydalanish; kollejdagi chet davlatlarda tajriba orttirib qaytgan tajribalarini o’rtoqlashish maqsadida seminar-treninglar o’tkazish; Ustoz-shogird tizimida ish olib borishni samaradorligini yanada oshirish ishlari olib borilmoqda.

NamDU Kasb ta’limi kafedrasi mudiri: dots.X.Akramov

NamDU umumtexnika fanlari va kasb ta’limi kafedrasining To’raqurg’on qishloq xo’jalik kasb-hunar kolleji filiali mudiri: o’q.SH.S.Xudoyqulov

O'qilgan: 272 marta So'ngi o'zgartirish: Dushanba, 02 May 2016 09:14

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.