wrapper

Yangiliklar

Seshanba, 29 Mart 2016 00:00

Universitetda navro'z bayrami

Joylashtirdi: 

Namangan davlat universitetida “Yasharish va yangilanish ayyomi” shiori ostida o‘tkazilgan Navro‘z bayram tadbirida fizika-matematika fakulteti badiiy jamosini ishtiroki to‘g‘risidagi bayonnomasi.

Bayram ishtirokchilari: Namangan davlat universiteti rektor, prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar.

Tadbirga taklif etilgan mehmonlar: viloyat hokimining ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha yordamchisi T.Dadaxanov, Andijon davlat universiteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Sobirov, fahriy o‘qituvchilar, ota-onalar.

Navro‘z bayrami tadbirini Namangan davlat universiteti rektori A.V.Umarov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z so‘zida Navro‘z bayramining qanchalik qadimiyligi, uning qadryatlari, mustaqillik yillarida unga qanchalik e’tibor berilayotgani. Yurtboshimizning Navro‘z bayrami tan’tanalariga bo‘lgan alohida e’tiborlari haqida gapirib o‘tdi.

So‘zini so‘ngida kelgan mehmonlarni Navro‘z ayyomi bilan qizg‘in muborakbod etdi.

Tadbir avvalida Namangan davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litseyining badiiy jamoalari o‘zlarining musiqiy sahna ko‘rinishlari bilan va dasturlari bilan davrani ochib berdilar.

So‘ng davraga Pedagogika fakultetining baddiy jamoasi Namangan viloyat urf-odatlari va qadryatlarini musiqiy namoyishi bilan davom ettirdilar.

Navbat Tabiiy fanlar fakulteti badiiy jamoasi Farg‘ona-Toshkent yo‘nalishida qo‘shiq va raqslari bilan davom ettirdilar.

Keyingi navbatda fizika-matematika fakultetining badiiy jamoasi Surxandvryo-Qashqadaryo viloyatlarini qadimiy o‘yinlari, urf-odatlari va qadryatlarini musiqiy sahna ko‘rinishlari hamda chiqishlari bilan tadbir qatnashchilari e’tiboriga havola qildilar.

Tadbirni Jismoniy madaniyat fakultetining badiiy jamoasi Qoraqalpag‘iston, Filologiya fakulteti badiiy jamoasi Xorazm viloyati, Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti badiiy jamoasi Samarqand-Buxoro viloyatlari qadimiy urf-odatlari, qadryatlarini musiqiy chiqishlar bilan davom ettirdilar.

Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda, davomiy qarsaklar bilan va barchani qalbida uzoq esda qoladigan darajada tashkil etildi va o‘tkazildi.

Tadbir so‘ngida viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yordamchisi T.Dadahanov, unversitet rektori A.Umarov hamda universitet professori T.Fayzullayevlar so‘zga chiqib tadbir ishtirokchilari va tashkilotchilariga ana shunday ko‘tarinki kayfiyat bahsh etganlari uchun katta-katta minnaddorchilik bildirdilar.

Navro‘z bayram tadbiri so‘ngida fakultetlar badiiy jamoalari quyidagicha o‘rinlar bilan baholanib, qimmatbaho va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar:

Oliy o‘rin: Pedagogika fakulteti badiiy damoasi;

1-o‘rin: Fizika-matematika hamda Filologiya fakultetlari badiiy jamoalari;

2-o‘rin: Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti badiiy jamoasi;

3-o‘rin; Tabiiy fanlar va Jismoniy madaniyat fakultetlari badiiy jamoalari egalladilar.

“Yasharish va yangilanish ayyomi” shiori ostida o‘tkazilgan Navro‘z bayram tadbiri barcha qatnashchilar va tomoshabinlar qalbida uzoq vaqt yodda qoladigan bo‘ldi.

Fakultet dekani: A.Mirzamov

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari: A.Sayfitdinov

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha nazoratchi: N.Abdullayeva

O'qilgan: 253 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.