wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 09 Mart 2016 00:00

"Sanamlar sarvari"

Joylashtirdi: 

Namangan davlat universitetida 8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “ISTIQLOLDA QADR TOPGAN AYoL” shiori ostida o‘tkazilgan “Sanamlar sarvari” tanlovida fizika-matematika fakulteti talablari ishtiroki bayonnomasi.

Tadbir Namangan davlat universiteti katta tantanalar zalida soat 14:00 da boshlanadi.

Tadbir qatnashchilari: universitet rektori, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituchilar hamda talabalar.

Taklif etilgan mehmonlar: fahriy o‘qituvchilar, talabalar ota-onalari.

Tadbir quyidagi shartlar asosida tashkil qilindi.

1-shart: “TANIShTIRIUV” sharti.

Bunda barcha fakultetlardan tanlangan 1 nafardan talaba qizlar o‘zlari haqida, tug‘ilib o‘sgan joylari haqida, tahsil olayotgan fakultet, uning hayotini yoritib berish kerak.

2-shart: “ONA ALLASI” sharti bo‘lib, unda talabalar o‘zlari yoqtirgan allani jonli aytishlari talab etiladi.

3-shart: Qatnashchilar “ENG MOHIR UY BEKASI” sharti, bo‘lib unda qatnashchilar biror bir uy ro‘zg‘orda ishlatiladigan buyumni sahnada tayyorlashlari belgilangan.

4-shart: Erkin mavzu. Bunda qatnashchilar o‘zlari yoqtirgan qo‘shiq yoki raqs ijro etishlari shart.

Tadbirni Namangan davlat universiteti Universitet rektori A.V.Umarov ochib berdi. U tadbir ishtirokchilarini ya’ni ayollarni 8- mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan qizg‘in tabriklab, Yurtimizda ayollarga bo‘lgan alohida e’tiborni, Yurtboshimizning ularga yaratib bergan shart-sharoitlari, imkoniyatlari, ayniqsa yosh qizlarga bo‘lgan e’tibor to‘g‘risida fikrlarini bildirdilar.

Bundan tashqari Mustaqqillik yillarida ayol-qizlar tomonidan erishilgan yutuqlar, ularning har javhada olib borayotgan yuksak yutuqlarga erishayotganlari haqida fikir bildirdilar.

Tadbirda fizika-matematika fakulteti Kasb ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Isaqova Zarin qatnashdi. Barcha shartlar Kasb ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi K.M.Umarov rahbarligida, uning ko‘rsatmalari asosida hamda stsenariysi bilan tomoshabinlar va mehmonlar e’tiboriga havola qilindi.

Fizika-matematika fakuleti Kasb ta’limi 1-bosqich talabasi Isaqova Zarina yoshligiga qaramay o‘zining zukkoligi, hozirjavobligi va barcha shartlarni ko‘ngildagidek tayyorlab, unga tayorgarlik ko‘rganligi uchun tomoshabinlar va qatnashchilar orasida yahshi taasurot qoldirdi. Zarinaning bu harakatlarini xakalar xay’at tomonidan yaxshi baholanib, unga “SANAMLAR SARVARI” tanlovining “”ENG MAHORATLI QIZ” naminatsiyasini berdilar. Bu ya’na bir fizika-matematika fakultetining ma’naviy-ma’rifiy borada olib borayotgan ishlardagi yutuqlardan biridir.

Tadbir rahbari: A.Mirzamov

Stsenariy muallifi: K.M.Umarov

O'qilgan: 336 marta So'ngi o'zgartirish: Dushanba, 02 May 2016 09:34

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.