wrapper

Yangiliklar

Shanba, 12 Mart 2016 00:00

"Tafakkur sinovlari"

Joylashtirdi: 

Namangan davlat universiteti fakultetlararo “TAFAKKUR SINOVLARI” tanlovi fizika-matematika fakulteti talablari tadbiri bayonnomasi.

 

Tadbir Namangan davlat universiteti katta tantanalar zalida soat 14:00 da boshlanadi.

Tadbir qatnashchilari: prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituchilar hamda talabalar.

Taklif etilgan mehmonlar: Viloyat adliya boshqarmasi vakillari va talabalar ota-onalari.

Tadbirni Namangan davlat universiteti Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor M.R.Qodirxonov ochib berdi.

Tadbirni birinchi sharti “TANIShTIRIUV” sharti edi.

Bu shartda fizika-matematika fakulteti talabalaridan 8 nafar jamoa tuzildi.

Jamoa nomi: “TARAQQIYoT”

Shior: Bo‘lsak barkamola avlod, yuksalar taraqqiyot.

Jamoa a’zolari: Usmanov Javoxir-matematika yo‘nalishi 4 bosqich, Xusanmirzayeva Dilnoza fizika yo‘nalishi 3 bosqich, Ibroximov Raximjon- fizika yo‘nalishi 3 bosqich, Soyibboyev O‘lmas- matematika yo‘nalishi 2 bosqich, Abdurasulova Damira- matematika yo‘nalishi 2 bosqich, Boqiyev Soxibjon- fizika yo‘nalishi 3 bosqich, Xumoyin Botiraliyev-amaliy matematika yo‘nalishi 4 bosqich, Oybek Temirov- amaliy matematika yo‘nalishi 3 bosqich talabasi.

Tanishtiruv shartini jamoa a’zolari, jamoa embelemani tariflashdan boshlashdi, ebelema va slaydlarida fakultetni, universitetni va qolaversa respublikamizning mustaqillikka erishilgan kunlaridan boshlab bugungi kunga qadar erishilgan yutuqlari hamda Respublika rivojlanishida bosib o‘tgan yo‘lini tariflab berdilar. So‘ngra ishtirokchilar o‘zlarini tanishtirish, fizika-matematika fakultet va universitet xayoti haqida, unda yaratilgan sharoitlar, ilmiy ijod va malakaviy izlanishlar uchun mavjud imkoniyatlar, so‘ngi yillarda mamlakatimiz sud-huquq va ijtimoiy-siyosiy tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar, yuksak ma’naviyatli barkamol avlodni tarbiyalash hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan ko‘rgazmali chiqish namoish etildilar.

Bu tanishtiruv sharti Kasb ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi K.M.Umarov stsenariysi va rahbarligida sahnaga olib chiqildi.

Tadbirni ikkinchi sharti “TEZKOR SAVOL-JAVOB” sharti edi.

Bu shartda jamoa a’zolari xakamlar tomonidan berilgan 5 tadan savollarga tezkor javoblar berishdi. Fizika-matematika fakulteti jamoasi ham 5 ta savolga to‘g‘ri javob berdilar.

Tadbirni uchinchi sharti “MUAMMO VA YeChIM” sharti edi. Bu shartda jamoa a’zolari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi orqali talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik, tamaki chekishning zararli oqibatlari, shuningdek, odam savdosi, diniy ekstramizm va terrorizmga qarshi kurashish masalalariga oid bo‘lgan muammoli vaziyatlar xamda ularni bartaraf etishda jamoatchilik bilan hamkorlikdagi faoliyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishga qaratilgan. Ushbu shart ko‘rinishi matematika kafedrasi o‘qituvchisi D.Maxmudova stsenariysi va rahbarligida tayyorlandi.

Tadbirni to‘rtinchi sharti “SAHNADA TAFAKKUR SINOVLARI” sharti edi.

Tashkiliy guruh tomonidan O‘zbekistonning eng yangi tarixi davrida erishilgan yutuqlari aks etgan ijtimoiy rolik tayyorlandi. Bu rolik fizika-matematika fakulteti hayoti ko‘rinishida matematika kafedrasi katta o‘qituvchisi X.Najmiddinova stsenariysi va rahbarligida tayyorlandi.

Fizika-matematika fakuleti talabalaridan iborat “Taraqqiyot” jamosi universitet miqyosida o‘tkazilgan “Tafakkur sinovlari” tanlovining birinchi bosqichida 89 ball bilan fahrli 2-o‘rinni egalladi.

Tadbir rahbari: A.Mirzamov

Stsenariy muallifi: K.M.Umarov

Tadbir tashkilotchisi: X.Najmiddinova

Tadbir tashkilotchisi: D.Maxmudova
 

O'qilgan: 198 marta So'ngi o'zgartirish: Dushanba, 02 May 2016 09:42

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.