wrapper

Yangiliklar

Seshanba, 15 Mart 2016 00:00

"Ta'lim va mutaxasislik"

Joylashtirdi: 

Umumta’lim maktablari bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga qamrab olish, viloyatda faoliyat yuritayotgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylardagi mutahasisliklar bilan yaqindan tanishish hamda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining o‘qishni davom ettirish va bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida Namangan shahar Bobur nomli istirohat bog‘ida o‘tkazilgan “Ta’lim va mutaxassislik” nomli ko‘rgazmasida Kasb ta’limi kafedrasi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma to‘g‘risida xisobot.

Viloyat hokimligining “Umumta’lim maktablari bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga qamrab olish, viloyatda faoliyat yuritayotgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylardagi mutaxassisliklar bilan yaqindan tanishtirish hamda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining o‘qishni davom ettirish va bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida “Ta’lim va mutaxassislik” ko‘rgazmasini tashkil etish to‘g‘risida”gi chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, 2016 yil 14 mart kuni Namangan shahar “Bobur” nomli istirohat bog‘ida ko‘rgazmada ishtirok etish uchun Namangan davlat universitetining barcha fakultetlaridan malakali professor-o‘qituvchilaridan iborat tarkib tuzildi. Shu o‘rinda fizika-matematika fakulteti Kasb ta’limi kafedrasi tomonidan ham ko‘rgazma tashkil etildi.

Unda dotsent I.Uluxanov hamda katta o‘qituvchi K.M.Umarov rahbarligida kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar tomonidan ta’lim yo‘nalishlari aks ettirilgan bannerlar, unda mavjud yo‘nalishlar va kafedra hayoti, uning bosib o‘tgan yo‘li to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks etgan, Bundan tashqari professor-o‘qituvchilar tomonidan yozilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar namoiyishi tashkil qilindi. Bundan tashqari kafedra va bunga mutonosib yo‘nalishlar haqida ma’lumot beruvchi tarqatmali bukletlar tayyorlanib olib chiqildi. Kasb ta’limi hamda Xayotiy faoliyat havfsizligi yo‘nalish-lariga qiziqqan ishtirokchilarga bukletlar tarqatildi.

Namangan shahar “Bobur” nomli istirohat bog‘ida Namangan davlat universiteti uchun ajratilgan joyda bundan tashqari boshqa targ‘ibot materiallari bilan ishtirok etdildi.

O‘tkazilgan ko‘rgazmada Namangan shahar va tumanlardan tashrif buyurgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchi bosqich o‘quvchilari ishtirok etdi. Jumladan: Mazkur ko‘rgazmaga tashrif buyurgan Namangan tibbiyot, Namangan savdo va maishiy xizmat, Namangan pedagogika, Namangan qurilish va dizayn, Norin sanoat va servis, Uychi maishiy xizmat, Pop tibbiyot, Pop qishloq xo‘jaligi, Chust tibbiyot, Namangan tumani xizmat ko‘rsatish, Chortoq tibbiyot, Kosonsoy pedagogika va boshqa kollejlarning bitiruvchi o‘quvchilarini Namangan davlat universitetidagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishtirildi. Ko‘rgazma ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

NamDU Marketing bo‘limi boshlig‘i: B. Jo‘rayev

O'qilgan: 143 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.