wrapper

Yangiliklar

Seshanba, 12 Aprel 2016 00:00

"Xurriyatning huquqiy himoyachilari"

Joylashtirdi: 

Amir temurning 680 yilligi, Namangan davlat universitetida taxsil olayotgan talaba yoshlarni huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirish, ularni sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalash maqsadida Namangan viloyat xokimi hamda Namangan davlat universitet rektorining tashabbusi bilan universitet talabalari o‘rtasida “Xurriyatning huquqiy himoyachilari” mavzusida o‘tkazilgan bellashuv bo‘yicha fizika-matematika fakulteti Kasb ta’limining “Taraqqiyot” jamoasi qatnashchilari bayonnomasi.

Tadbir qatnashchilari: rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va universitet professor-o‘qituchilar hamda talabalar.

Taklif etilgan mehmonlar: Namangan viloyat Adliya boshqarmasi vakillari.

Bellashuv 3 ta shartdan iborat.

1-shart “Qonun targ‘iboti” deb nomlanib, unda jamoalar aynan bir qonun yuzasidan o‘zlari xoxlagan tarzda targ‘ibot shaklini amalga oshiradilar. Targ‘ibot shakli rolik, saxna ko‘rinishi, taqdimot shaklida bo‘lishi mumkin. Shart uchun ajratilgan vaqt 8 daqiqa.

2-shart “Parlament bilimdoni” deb nomlanadi. Aynan bu shartda jamoalarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati to‘g‘risidagi qabul qilingan qonunlar bo‘yicha tezkor savol javoblar beriladi. Savollar 10 tadan iborat. Savollar Hakamlar xay’ati tomonidan muxrlangan konvertlarda beriladi. Xar bir savolga ishtirokchilar jamoa bilan kelishgan holda javob berishadi.

3-shart Saxna ko‘rinishi. Mazkur shartda jamoalar bugungi qonunchilikni qshllash va amalga oshirish borasidagi muammao va kamchiliklarni ko‘rsatib, uning yechimiga doir takliflarni berishlari shart.Mazkur shart uchun 10 daqiqa vaqt beriladi.

Tadbirni Namangan davlat universiteti rektori A.V.Umarov ochib berdi.

Tadbirda fizika-matematika fakulteti “Taraqqiyot” jamoasi, Filologiya fakultetining “Femida” jamoasi, Tabiiy fanlar fakultetining “Istiqlol farzandlari” jamoasi qatnashdilar.

Bellashuv qizg‘in kurashlar asosida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Fizika-matematika fakltetining “Taraqqiyot” nomli jamoasi fakultet dekani A.Mirzamov tashabbusi hamda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari A.Sayfitdinov va N.Abdullayeva hamda Kasb ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi K.Umarovlar tomonidan stsenariy asosida sahnalashtirilgan ko‘rinishlari hamda videoroliklarni tomoshabinlar e’tiboriga havola qildilar.

1-shartni birinchi bo‘lib fizika-matematika fakulteti “TARAQQIYoT” jamoasi 2015 yilning noyabr oyida Muhtaram Prizidentimizning Namangan viloyatiga navbatdan tashqari tashriflarida e’tibor qaratgan dolzarb muammolardan biri Qizlarni erta turmushga berish holatlarini tanqidiy muhokamasi yuzasidan sahna ko‘rinishi hamda videorolik tayyorlashdi va tomoshabinlarga taqdim etdilar.

Bu ko‘rinshda Kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari ishlari, FXDYo xodimlari ishlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlari ishlari hamda imom hatiblarni ijobiy ishlari ko‘rsatib berildi.

2-shartda fizika-matematika fakulteti “Taraqqiyot” jamoasi xakamlar hay’ati tomaonidan berilgan 5 ta savolga xam to‘g‘ri javob berildi va yuqori balni qo‘lga kiritdilar.

3-shartda fizika-matematika fakulteti “Taraqqiyot” jamoasi tomonidan bugangi kundagi chet ellarga qonuniy shartnoma asosida ishlagani borayotganlar, shu o‘rinda noqonuniy ishlagani borayotganlarning ayanchli ahvollari, qolaversa odam savdosi oqibatlari to‘g‘risida sahna ko‘rinishi tayyorlandi va tamoshabinlar e’tiboriga xavola etildi. Bu shartni ham jamoa yuqori saviyada ko‘rsatib sahnaga olib chiqishdi va yuqori ball bilan baholandilar.

Umumiy ballar yig‘indisi bo‘yicha 1- o‘rinni fizika-matemtika fakultetining “TARAQQIYoT” jamoasi talabalari oldilar.

Fizika-matemtika fakultetining “TARAQQIYoT” jamoasi 1- darajali diplom bilan taqdirlandilar.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari: A.Sayfitdinov

Kasb ta’limi kafedrasi Kata o‘qituvchisi: K.Umarov

O'qilgan: 187 marta So'ngi o'zgartirish: Dushanba, 02 May 2016 10:07

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.