wrapper

Yangiliklar

Seshanba, 10 May 2016 00:00

Kasb ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi K.M.Umarov Chust tumani Varzik qishlog‘ida yashovchi 2-jahon urishi qatnashchisi Ashurmatov Nozimjon ota bilan “Uch avlod uchrashuvi” shiori ostida o‘tkazilgan uchrashuv.

Joylashtirdi: 

NamDU rektorining 2016 yil 3-maydagi 194 A/O-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyati Chust tumani Varzik qishlog‘ida yashovchi 2-jahon urishi qatanshchisi Ashurmatov Nozimjon ota honadoniga, otani holidan xabar olish maqsadida Varzik qishloq fuqarolar yig‘ini raisi Umarov Rustamjon, Nozimjon otaning qo‘ni-qo‘shnilari, Namangan davlat universiteti “Kasb talimi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Umarov Komiljon, uning turmush o‘rtog‘i Namangan viloyat onkologiya dispantseri katta hamshirasi Umarova Gavharoy va nabirasi 2 yoshli Muhlisabonularning 2016 yil 8 may kuni tashrif buyurdilar.

Uchrashuvda Nozimjon ota o‘zining 1943-1945 yillarda 2 jahon urishi yillarida jangu - jadallarda qatnashgani, undagi qiyinchiliklar, och-nahor urishga kirganlari va urishning so‘ngi kunlarida bir oyoqlaridan yaralanib, undan ayrilib qolganlari, 6 oy kasalxonada davolanganlari, so‘ngra uyga qaytganlaridan so‘ng yurtdagi ocharchilik yillari, u Varzik jamoa xo‘jaligi (oldigi Furinze nomli kolxoz) da ishchi bo‘lib ishlaganlari xaqida so‘zlab berdi.

Suhbat davomida 7 farzandni komil insonlar qilib tarbiyalab, voyaga yetkazganlari, hozirda 25 nafar shirindan-shakar nabiralari, 35 nafar evaralari, 1 nafar chevaralari borligi haqida g‘urug‘ bilan so‘zlab o‘tdilar.

Nosirjon ota o‘tgan davr, bugungi va ertangi kunimiz hamda yurtimiz ravnaqi yo‘lida olib borilayotgan Yurtboshining oqilona siyosati, yurtimiz tinchligi va uni asrab-avaylashimiz haqida suhbat mehmonlariga shukronalik bilan yashashimiz to‘g‘risida gapirib o‘tdilar.

Uchrashuv qizg‘in davra suhbat asosida bo‘lib o‘tdi.

Namangan davlat universiteti Kasb ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi Komiljon UMAROV

 

Manbaa: NamDU, Kasb ta'limi kafedrasi 

O'qilgan: 243 marta So'ngi o'zgartirish: Seshanba, 10 May 2016 16:45

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.