wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 24 Avgust 2016 00:00

Namangan davlat universitetidagi Xalqaro ko‘rgazma

Joylashtirdi: 

2016 yil 20-24 avgust kunlari Namangan davlat universiteti ko‘rgazma zalida “Milliy hunarmandchilik orqali millatlararo muloqotni rivojlantirish” mavzusidagi halqaro loyiha doirasida bajarilgan ishlar natijasi sifatida birinchi xalqaro ko‘rgazma ochildi. 

Ko‘rgazmada Germaniyaning Flensburg Yevropa universiteti, Drezden Iqtisodiyot universiteti, Turkiyaning Mimar Sinan Go‘zal san’atlar universiteti professorlari va talabalari ham tashrif buyurib, o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etishdi. 

Ko‘rgazmaning ochilish marosimi NamDUning majlislar zalida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni NamDU rektori A.Umarov kirish so‘zi bilan ochib berdi. 

So‘ng so‘zni Flensburg Yevropa universiteti professori Norbert Shutts oldi va o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi. 

Drezden Iqtisodiyot universiteti professori Irina Xundt so‘zni davom ettirib shu kabi xalqaro loyihalar davom etishini mo‘ljallanayotganini aytib o‘tdi.

Turkiyaning Mimar Sinan Go‘zal san’atlar universiteti professori Kemal Kan so‘zga chiqib, Turk va o‘zbek xalqi azaldan qarindosh xalq bo‘lgani, tilimiz ham qadimgi umumiy turkiy tilidan asos olganligi xaqida gapirib o‘tib, madaniyatlararo aloqalar mustaxkamlab borayotganligi NamDU bilan xamkorlik qilayotganidan mamnunligini ta’kidlab o‘tdi.

Ushbu ko‘rgazma NamDU Kasb ta’limi kafedrasi bir qator professor-o‘qituvchilari (dots.X.Akramov, o‘qituvchilar: J.Muxitdinova, A.Sayfitdinov, A.Matkarimov, 2-bosqich talabasi M.Tillayeva), Amaliy san’at kafedrasi magistr talabalaridan N.Suyarov, M.Sharipjonovlar, Ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi D.Mamatovalarning ijod namunalari ham shu ko‘rgazmada alohida o‘rinni egalladi.

Mazkur ko‘rgazmaning asosiy maqsadi  jun tolalardan hosil qilingan voylok (namatdan) mahalliy iste’molchilarga mo‘ljallangan yasalgan turli buyumlarni namoyish etish. 

Loyiha ishtirokchilaridan Turkiya hamda Germaniya universiteti professorlar va talabalar ijod namunalari ko‘rgazmaning ko‘rkiga ko‘rk bag‘ishladi.

Ko‘rgazmani tashkillashtirishda hamda ko‘tarinki ruhda o‘tkazishda ko‘rgazma ishtirokchilari bilan birgalikda NamDU tomonidan loyihaning koordinatori sifatida Halqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i P.Lutfullayev ko‘rgazmani a’lo darajada tashkil etdi.

Manba: Kasb ta'limi kafedrasi 

O'qilgan: 388 marta So'ngi o'zgartirish: Chorshanba, 24 Avgust 2016 17:47

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.