wrapper

Yangiliklar

Juma, 05 May 2017 00:00

9 may- Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan fahriylar xonadoniga tashrif

Joylashtirdi: 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi PQ-2865-sonli Qarori, 2017 yil 4 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnash chilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 5000-sonli Farmoni, OO‘MTVning 2017 yil 7 apreldagi 197-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan 2017 yilning 2 may kuni “Arxivshunoslik” kafedrasining  bir guruh professor-o‘qituvchilari Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 93 yoshli nuroniy otaxon Kuyukov Sergey xonadonida bo‘ldilar. 

Kafedra professor-o‘qituvchilari mehnat va urush faxriysi xonadoniga tashrif buyurishganida ularni otaning shaxsan o‘zlari kutib oldilar. Ota bilan suhbat asosan urush yillari qiyinchiliklari, aholining urushga safarbarlik jarayon¬lari, Ikkinchi jahon urushi xotiralari to‘g‘risida uzoq suhbat qurildi. Sergey ota o‘z so‘zida Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Namanganda transport sohasida dastlab haydovchi, so‘ngra nafaqagacha ta’mirlovchi-usta bo‘lib mehnat qilganini ta’kidladi. O‘z hayotiy tajribalari, bugungi dorilomon kunlarning qadriyatiga yetish, mustaqilligimizni avaylab-asrash haqida fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Shundan so‘ng profes¬sor-o‘qituvchilar universitet rektori nomidan tabrik xati topshirilib, jamoa¬miz tomonidan yuksak e’tibor ko‘rsatildi. 

Kafedra mudiri A. Sarimsakov

O'qilgan: 164 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.