wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 20 Aprel 2016 00:00

Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakul’tetida “Ota-onalar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Joylashtirdi: 

Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakul’tetida 2016 yil 20 aprel kuni “Oila–mahalla–ta'lim muassasasi” konsepsiyasi asosida arxivshunoslik yo‘nalishi 1, 2, 3- kurs talabalarining ota-onalari uchun “Ota-onalar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Unda fakul’tet dekani N. Dexkanov, kafedra mudiri A. Sarimsokov, guruh murabbiylari, professor-o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi.

Dastlab fakul’tet dekani N. Dexkanov universitetdagi ta'lim tizimi, universitet ichki tartib qoidalari, Talabalar turar-joyida yaratilgan shart-sharoitlar, universitet miqyosida o‘tkazilayotgan tadbirlar, talabalar tomonidan qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar to‘g‘risida ma'lumot berdi. Shuningdek, malakali kadrlar tayyorlash jarayonida universitet bilan talabalarning ota-onalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish borasida amalga oshiriladigan ishlarga ham to‘xtalindi.

Tadbirda ushbu yo‘nalishda ta'lim olayotgan talabalarning 2015–2016 o‘quv yilining 1- yarmidagi o‘quv, ma'naviy-ma'rifiy hamda jamoat ishlaridagi faoliyatlari tahlil qilindi. Shu bilan birgalikda kelgusida hamkorlikda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ham belgilab olindi.

Tadbir yakunida a'lo o‘qishi va namunali hulqi bilan faollik ko‘rsatayotgan talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi.

Ijtimoiy-iqtisodiy fakul’teti dekani N. Dexkanov
 

O'qilgan: 486 marta So'ngi o'zgartirish: Shanba, 23 Aprel 2016 07:59

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.