wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 16 Dekabr 2015 05:00

O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi

Kafedra mudiri – tarix fanlari nomzodi Nizomjon G’ofurov
Tel + 998 69 227 22 07
El. manzil: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Manzili: Namagan shahri, Mashrab ko’chasi, 2 uy, 3 qavat, 301-xona.

1973 yil 10 sentyabrda CHortoq shahrida, xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1995 yilda Namangan Davlat universitetini tamomlagan. 1999 yildan Namangan Davlat universitetida ishlaydi. 2011-2013 yillarda universitet ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2013 yil 18 dekabridan boshlab Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, falsafa kafedrasi mudiri, hozirda O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Tarix fanlari nomzodi. Uylangan, 3 nafar farzandi bor.   

2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2011 yil 15 avgustdagi tashkiliy tuzilma to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan “Falsafa” va “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedralari birlashtirildi. “Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, falsafa” kafedrasi nomi bilan ish olib borgan. 2011-2013 yillarda s.f.n. A. Abdulazizov rahbarlik qilgan. 2015 yil 1 maydan kafedra “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi nomi bilan ish olib bormoqda. 

„Falsafa“ kafedrasi 1978 yilda tashkil topgan. Unga 1978-2006 yillar davomida kafedra professori f.f.d. A.Abdurahmanov rahbarlik qilgan. 2006-2011 yillarda esa kafedraga f.f.n. dots. D.Raximbaeva mudirlik qilgan.

“Politologiya” kafedrasi 1993 yil 28 avgustda tashkil etilgan. Kafedra 1998 yilda “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” nomi bilan faoliyatini davom ettirgan. 1993-2011 yillarda kafedraga f.f.d.prof. M.Nishanov rahbarlik qilgan.

Kafedra tarkibi: 7 ta fan nomzodi, dotsent, 3 ta katta o‘qituvchi va 19 ta o‘qituvchidan iborat.

Kafedrada quyidagi fanlardan dars o‘tiladi: Falsafa(Etika, Estetika, Mantiq). Ma'naviyat asoslari. Dinshunoslik. Madaniyatshunoslik. Sotsiologiya. O‘zDJQNA. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma'naviy-ma'rifiy asoslari. 

Kafedra  O‘zMU falsafa va fan metodologiyasi, Falsafa tarixi va mantiq, Milliy g’oya va ijtimoiy falsafa, Ma’naviyat asoslari va dinshunoslik, Sotsiologiya   kafedralari, FarDU sotsiologiya kafedrasi, Andijon davlat universiteti Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, Falsafa kafedralari bilan ilmiy – amaliy aloqalar o‘rnatgan.

 

So'ngi o'zgartirish: Chorshanba, 16 Dekabr 2015 10:26

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.