wrapper

Yangiliklar

Yakshanba, 22 Yanvar 2017 00:00

“Inson manfaatlari – oliy qadriyat”

Joylashtirdi: 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Mamlakatimizni 2016 yil yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim va ustuvor yo‘nalishlari”ga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi jamoatchilik tomonidan keng o‘rganilmoqda.

Bu jarayonda Namangan davlat universiteti professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etmoqdalar. Jumladan, O‘zMTDP Namangan viloyat Kengashi tomonidan 2017 yil 19 yanvar kuni Namangan Yoshlar markazi o‘quv zalida “Inson manfaatlari – oliy qadriyat”  mavzusida  o‘tkazilgan davra suhbatida Namangan davlat universiteti O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, tarix fanlar nomzodi Nizomjon G‘ofurov ma’ruza qilib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yil yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim va ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakat strategiyasi loyihasini keng muhokama qilish davomida kelib tushgan takliflarni inobatga olgan xolda, 2017 yil uchun mo‘ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy dasturning o‘n bitta muhim ustuvor vazifalari belgilanganligi, eng asosiy ustuvor vazifa- “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturini amalga oshirish, “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan olijanob g‘oyani izchillik bilan hayotga tatbiq etishdan iborat ekanligi, chuqur tahlilga, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi mavjud bo‘shliqlarni aniq ko‘rsatish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha oqilona yondashuvga asoslangan mazkur ma’ruzani xalqimiz hayajon va qiziqish bilan o‘rganayotganligi e’tirof etdi.

Yig‘ilishda so‘z olgan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati I.Zulfixorov Davlatimiz rahbari ma’ruzasida ilgari surilgan inson manfaatlarini, aholi bandligini ta’minlash, investitsiyalarni jalb etish orqali tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, yurt tinchligi, jamiyatimizdagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini asrab-avaylash kabi masalalar O‘zMTDP dasturiy maqsad-vazifalariga hamohangligi to‘g‘risida fikr bildirdi.

Shuningdek, yig‘ilishda O‘zMTDP Chust tuman kengashi etakchisi S.Nasimxonova, O‘zMTDP Chortoq tuman kengashi partiya faollari SH.Mahmudova, X.Xoshimovlar davlatimiz rahbari ma’ruzasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish har bir soha vakilining kasbiy va fuqarolik burchiga aylanishi lozimligi to‘g‘risida fikr bildirdilar.

Manbaa: O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi

O'qilgan: 281 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.