wrapper

Yangiliklar

Dushanba, 10 Aprel 2017 00:00

“Amir Temur – faxrimiz, g‘ururimiz”

Joylashtirdi: 

 

2017 yil 8 aprel kuni NamDU, Tabiiy fanlar fakulteti majlislar zalida  “Amir Temur – faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyati va amaliyoti” kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi Nizomjon G‘ofurov, “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyati va amaliyoti” kafedrasi o‘qituvchisi SH.Usmanov, Tabiiy fanlar fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Abdunazarov,  fakultet talabalari ishtirok etdilar. 

 

 “Amir Temur – faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida tashkil etilgan ushbu tadbirni universitetning “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi o‘qituvchisi SH.Usmanov o‘zining “Amir Temurning o‘zbek davlatchiligida tutgan o‘rni” mavuzusidagi ma’ruzasi bilan ochib berdi. U o‘z ma’ruzasida buyuk sarkardaning hayoti va faoliyati, uning hokimiyat tepasiga kelishi jarayoni, mo‘g‘ullar hukmronligiga barham berishi, Movarounnahr amiri bo‘lishi, mamlakatni o‘z hokimiyati ostida birlashtirishi va uning boshqa buyuk yurishlari tarixiga alohida to‘htalib o‘tdi. U o‘z ma’ruzasida sohibqironning Oltin O‘rda va Kichik Osiyoga qilgan yurishlari tarixi rus tarixchilari va boshqa Evropa olimlari asarlarida alohida ahamiyat bilan tilga olinganiga urg‘u berdi.

SHuningdek, SH.Usmanov Amir Temurning harbiy sohadagi islohotlari, bosib olgan hududlarda olib borgan siyosati, taktik va strategik jihatdan tutgan muhim chora-tadbirlari haqida batafsil so‘z yuritdi.

“Amir Temur – faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusidagi tadbirda “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi amaliyoti” kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi N.G‘ofurov o‘zining “Temuriylar davri ma’naviyati” mavzusidagi ma’ruzasi bilan tadbir ishtirokchilarini yana bir bir bor buyuk bobokolonimiz tomonidan amalga oshirilgan islohotlar va muhim chora tadbirlar ahamiyatiga e’tibor qaratdi. N.G‘ofurov o‘z ma’ruzasida Amir Temur tomonidan amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari va uning ahamiyati, buyuk sarkarda faoliyatining rus va Evropa tarixchilari tomonidan yoritilishiga alohida e’tibor qaratdi. 

U, shuningdek, mustaqillik yillarida A.Temur va Temuriylar davri tarixining qayta o‘rganilishi, Davlatimiz rahbari boshchiligida unga oid mukammal va xaqqoniy tarixning tiklanishini alohida ta’kidladi. 

N.G‘ofurov rus tarixchisi YAkubovskiy, venger tarixchi olimi X.Vamberi, tarixchi olim Ibn Arabshox asarlarida A.Temur haqida berilgan ma’lumotlar, munosabatlarni izohlab berdi.     

Tadbir yakunida fakultetning dekan o‘rinbosari A. Abdunazarov ushbu mavzuda o‘tkazilgan tadbirning tabiiy fanlar fakulteti talabari uchun muhim ahamiyat ega ekani, A.Temur va Temuriy davri tarixiga oid muhim ma’lumotlar va ularning ahamiyatini tushinib olishganini alohida ta’kidladi. Ma’ruzachilarning serqirra va muhim ma’lumotlari tadbir ishtirokchilarida o‘zgacha bir faxr tuyg‘usini uyg‘otishiga e’tibor qaratdi.

  

                 Kafedra mudiri:                                N. G‘ofurov

 

O'qilgan: 264 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.