wrapper

Yangiliklar

Juma, 05 May 2017 00:00

Urush va mehnat faxriysi Soliyev Usubjon ota xonadoniga tashrif

Joylashtirdi: 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi PQ-2865-sonli Qarori, 2017 yil 4 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 5000-sonli Farmoni, OO‘MTVning 2017 yil 7 apreldagi 197-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan 2017 yilning 3 may kuni “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasining  bir guruh professor-o‘qituvchilari Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 91 yoshli nuroniy otaxon Soliyev Usubjon ota xonadonida bo‘ldilar. Bayram arafasi bo‘lganligi sababli xonadon otaning farzandlari, kelin, kuyovlar, nabiralar va chevaralar bilan to‘lgan. Bir kun avval Chortoq tuman hokimi O.Haydarov boshchiligida tuman faollari otaxonning honadoniga tashrif buyurib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovg‘asi, ajratilgan mukofot puli, tabrigi, ko‘krak nishonini hamda o‘zlarining sovg‘a salomlarini topshirib, Usubjon ota uchun hovlilarida ikki honali uy qurib berish yuzasidan topshiriqlar berilgan shu sababli Usubjon otaning uylarida qurilish, montaj ishlari olib borilayotgan ekan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari ham Usubjon ota Soliyevga sovg‘a salomlarni topshirdi. 

Usubjon ota bilan suhbatlashganimizda Ikkinchi jahon urushining suronli va qiyin yillarini, jang maydonidagi bo‘lgan voqealarni gapirib o‘tdilar hamda insoniyat boshiga qaytib bunday urushlar balosi yog‘ilmasligini va yaratgandan yurtimizni tinch, osoyishta va xalqimizni inoq-ittifoq bo‘lib yashashini so‘rayman dedilar. Suhbatga Usubjon otaning ayollari va o‘g‘illari qo‘shilib, otaning hali zabardas ekanliklarini, uy tomorqasida har yili o‘zlari sabzovot ekinlarini yetishtirishlarini aytdilar. Suhbatimiz nihoyasiga yetgach, Usubjon ota  va u kishining oila a’zolari mamlakatimiz rahbariyatiga va universitetimiz jamoasiga chuqur minnatdorchilik bildirdilar hamda duo qildilar. Ular uzundan-uzun shukronalik duosini o‘qib, ta’lim dargohimizda yaxshi tarbiyali, o‘g‘il-qizlarni yetishtirishda kuch quvvat tiladilar. Biz ham Usubjon otaga yaxshi tilaklarni bildirib, uzoq umr, sihat salomatlik, yurtimiz, mahalla-ko‘y va oila a’zolari baxtiga sog‘-salomat yurishlarini bildirdik.

O‘zbekistonda  demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti  kafedrasi mudiri N.G‘ofurov

O'qilgan: 229 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.