wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 01 Iyun 2016 00:00

Bolalarga bering dunyoni. 1iyun -xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.

Joylashtirdi: 

31 may kuni O‘zbekistonda Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti falsafa fanlari nomzodi Zamira Isaqova, kafedra o‘qituvchilari Nafisa Valiyeva, Nodirbek Mirzaxolov 1-iyun xalqaro bolalarni ximoya qilish kuni munosabati bilan Namangan shahar 26-sonli mehribonlik uyida “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida bayram dasturi tashkil etishdi.

Tadbirni Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti va universitetning faol talabalari olib borishdi. Unda fakultetning “Parvoz” radio-eshittirishi tashkilotchilaridan Abduvosiyev Dilshod va boshqalar o‘z dasturlarini namoyish qilishdi. Zamira Isaqova rahbarligidagi universitet iqtidorli talabalari o‘z chiqishlari bilan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini kayfiyatlarni ko‘tarishga qo‘llardan kelgancha yordam berishdi. Tadbirda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati shahar kengashi vakili ham ishtirok etib, tadbir tashkilotchilariga dasturni tashkil etganliklari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi va tarbiyalanuvchilarni bayram bilan tabrikladi. Tadbir davomida turli musobaqalar tashkil etilib, ishtirokchilar universitet talabalarining qo‘l mehnati bilan tayyorlangan sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Tadbir so‘ngida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘z chiqishlari bilan tadbir tashkilotchi va ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.Tadbir davomida universitet talabalari tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda sho‘x musiqa ostida raqsga tushishdi.

Kafedra mudiri N. G'ofurov

 

O'qilgan: 638 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.