wrapper

Yangiliklar

Dushanba, 23 Yanvar 2017 00:00

“Bola psixologiyasidagi o‘zgarishlar va uning bola hulq-atvoriga ta’siri” mavzusidagi davra suhbati xamda madaniy-marifiy tadbir

Joylashtirdi: 

2017 yilning 20 yanvar kuni Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasining professor-o‘qituvchilari xamda yo‘nalish talabalari tomonidan Namangan shahridagi 26-sonli “Mehribonlik uyi”da o‘tkazgan “Bola psixologiyasidagi o‘zgarishlar va uning bola hulq-atvoriga ta’siri” mavzusidagi davra suhbati xamda madaniy-marifiy tadbir o‘tkazildi. 

Tadbirda kafedra mudiri t.f.n. O.Topildiyev, t.f.n. dotsent Z.Haydarov, o‘qituvchilar B.Inatullayev, M.Nasriddinov, M.Sodirjonov xamda Ijtimoiy-madaniy faoliyat yo‘nalishining birinchi va uchinchi bosqich talabalari ishtirok etishdi.

Dastlab Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasining professor-o‘qituvchilari xamda “Mehribonlik uyi”ning tarbiyachilari ishtirokida “Bola psixologiyasidagi o‘zgarishlar va uning bola hulq-atvoriga ta’siri” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatini Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasining dotsenti Z.Haydarov olib bordi va mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. Ma’ruzadan so‘ng professor-o‘qituvchilar va tarbiyachilar mavzu doirasida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. 

Davra suhbatidan so‘ng Ijtimoiy-madaniy faoliyat yo‘nalishi talabalari ijrosida mavzuga doir sahna ko‘rinishlari, she’r va monologlar xamda Vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Psixologik o‘yinlar o‘tkazildi.  

Shundan so‘ng “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilaridan iborat “Yosh ijodkorlar” to‘garagi a’zolari doira ijrosida chiqishlar ijro etishdi.

Tadbir so‘nggida Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasining professor-o‘qituvchilari xamda yo‘nalish talabalari tomonidan “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilariga estalik sovg‘alari va o‘quv qurollarini topshirishdi. “Mehribonlik uyi” rahbari D.Abduraximova o‘z navbatida tadbir ishtirokchilari va professor-o‘qituvchilarga ko‘rsatilgan ehtirom va e’tibor uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi.

NamDU, Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti

O'qilgan: 1038 marta So'ngi o'zgartirish: Dushanba, 23 Yanvar 2017 22:46

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.