wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 02 Fevral 2017 00:00

Keksalarni e’zozlagan yurt obod bo‘lur

Joylashtirdi: 

Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi  professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan “Keksalarni e’zozlagan yurt obod bo‘lur” shiori ostida Namangan shahridagi “Sahovat” internat uyida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti  I.Karimov tavallud kuniga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi dotsenti, tarix fanlari  nomzodi Z. Xaydarov O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti  I.Karimov shaxsi haqida fikr bildirib,  bugungi tinch va osuda hayotimizning asosiy bunyodkori ekanini  ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M.Mirziyoyevning  “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.
Ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi O. Topildiyev  bugungi kunda jamiyatning keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan e’tibor haqida so‘zladi. 
Shundan so‘ng kafedra o‘qituvchisi B. Inatullayev tomonidan  sahnalashtirilgan “Ona yuragi” nomli spektakl namoyish etildi.
Tadbir davomida kafedra o‘qituvchilari B. Inatullayev, M. Sodirjonov va   3-bosqich talabasi M. Toshkenboyeva tomonidan   jonli ijro etilgan ko‘y-qo‘shiqlar, talabalar tomonidan ijro etilgan  xalq termalari  internat uyida istiqomat qilayotgan keksalarning  yanada faollashishishini va tadbirning ko‘tarinki ruhda o‘tishini ta’minladi.

Manbaa: NamDU, Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti

O'qilgan: 602 marta So'ngi o'zgartirish: Payshanba, 02 Fevral 2017 15:25

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.