wrapper

Yangiliklar

Dushanba, 06 Fevral 2017 00:00

NamDU qoshidagi akademik litseyda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

Joylashtirdi: 

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavvalud topgan kun - 30 yanvar sanasini tantali nishonlashga Respublikamizning barcha hududlarida katta e’tibor qaratilmoqda. Shu jumladan, NamDU qoshidagi akademik litseyda ham mazkur sana munosabati bilan alohida tayyorgarlik ko‘rib borildi va 2017-yilning 30 yanvar sanasi tongi saflanish vaqtida katta tantanali tadbir bo‘lib bo‘tdi. Tadbir soat 7:45 da boshlanib, 8:20 ga qadar davom etdi.

Tadbirni akademik litsey Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Ilyosov olib bordi. Dastavval barcha ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. Karimovning shaxsan 1991-yil 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasini mustaqil deb e’lon qilganligi eshittirildi va O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng A. Ilyosov so‘zga chiqib, so‘zining avvalida bugungi kun munosabati bilan Islom Karimovning yorqin xotirasi uchun barcha yig‘ilganlarni bir daqiqalik sukut saqlashga chaqirdi. So‘ngra so‘zini davom ettirib, bugun O‘zbekiston tarixida unutilmas kunligini, ana shunday muborak kunlar bundan keyin ham ko‘proq bo‘lishini, Islom Karimovdek insonlar dunyoga juda ko‘plab kelishini tilak bildirdi. Islom Karimovning bugungi O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni, mamlakatning kelajagi yo‘lida tutgan o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng so‘z akademik litsey direktori X. Mirzabayevga berildi. U o‘z so‘zini bugungi farovon va tinch-omon kunlarmizning asosiy sababchisi aynan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ekanligini alohida ta’kidlab o‘tishdan boshladi. U o‘z so‘zida barcha O‘zbekiston xalqini juda baxtli insonlar qatoriga qo‘shishini, chunki aular ana shunday davlat va siyosat arbobi bo‘lgan Islom Karimovdek inson bilan zamondosh bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lganliklarini aytib o‘tdi. Endi barchamiz birgalikda Islom Karimovning boshlagan ezgu ishlarini davom ettirishimiz lozimligini, yoshlar faqat bilim olish va izlanish bilan bunga javob qaytarmog‘i shartligini qayd etib o‘tdi. Islom Karimovning nomi akademik litseyda yanada ko‘proq jaranglab turishi maqsadida har oyda bir marta va bir nafar o‘quvchiga topshiriladigan “Prezident stipendiyasi” tashkil qilinib, direktor fondidan mazkur stipendiya har oyda akademik litseyda ta’lim olayotgan eng faol o‘quvchiga topshirilishini e’lon qildi. U so‘zining yakunida aynan NamDU qoshidagi akademik litsey yoshlari ham o‘zlarining bundan keyingi bilimi va salohiyati bilan O‘zbekistonning nomini butun dunyoga mashhur qilib, Islom Karimovning ruhini shod qilishiga ishonch bildirdi.
Shundan so‘ng so‘z “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq xodimi” faxriy unvoni sohibasi Karomatxon Madraximovaga berildi. U o‘z so‘zining avvalida o‘zini dunyodagi eng baxtiyor ayol sifatida bilishining asosiy sababi avvalo o‘zbek ayoli bo‘lib dunyoga kelganligi bo‘lsa, ikkinchidan ana shu o‘zbek ayollri orasida o‘z Prezidentining qo‘lidan faxriy unvonni olishga muyassar bo‘lganligi ekanligini faxr bilan aytib o‘tdi va Islom Karimovni  dunyodagi barcha Prezidentlarning eng ulug‘i ekanligini alohida qayd etib o‘tdi. Islom Karimovning insonparvarlik hislatiga alohida to‘xtalib, biz o‘zbek xalqini chor Rossiyasining ayovsiz jabr-zulmidan asrab qolganligini, O‘zbekistonda ham inson omilini ko‘tarib chiqqanligini g‘urur bilan aytib o‘tdi. O‘zbekistonning bugungi taraqqiyoti faqat va faqat Islom Karimov nomi va faoliyati bilan bog‘liqligini, mamlakatda barcha soha va tarmoqlarning tengdan rivojlanishida Islom Karimovning dono siyosati yotganligini tadbir ishtirokchilariga yana bir bor tushuntirib o‘tdi.So‘zining yakunida oddiygina dehon qizi bo‘lishiga qaramay “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq xodimi” faxriy unvonini aynan Islom Karimovning o‘zi topshirganligi uchun o‘la-o‘lguncha undan qarzdorligini va qalbidan hech qachon o‘chirmasligini aytdi.
So‘ngra so‘z Ijtimoiy-Gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, “Kamolot” YoIH yetakchisi R. Qorabayevga berildi. U o‘z so‘zini Islom Karimovning siymosiga nazar solish bilan boshladi. Islom Karimovga davlat rahbari bo‘lish ilohiy taqdir sifatida bitilgani, aks holda bunday buyuklikka erishish mumkin emasligini ta’kidlab o‘tdi. Islom Karimovni hamisha buyuk xosiyatli taqdir qo‘llab-quvvatlab turishini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng ma’lumotlarga to‘xtalib, 1845-yilda amerikalik publisist yozuvchi Jorj Safivin fanga “peshonasida siyosiy yetakchilik bitilgan kishi”  iborasini kiritganligini, va aynan mazkur iborani rus iqtisodchisi Leonid Levitin Islom Karimovga nisbatan ishlatganligini qayd etib o‘tdi. Dunyoning eng yetakchi davlatlaridan biri bo‘lgan AQShning ham 11-Prezidenti Jeyms Polk o‘z mehnati bilan prezidentlik kursisiga o‘tirganligi, shu sabab xalq oarsida obro‘-e’tibori yuqori bo‘lganligi, qaysi davlatda adolat yuqori qo‘yilsa davlat rahbarlari ana shunday buyuk bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng Islom Karimovning yoshlik davriga to‘xtalib, maktab davrida o‘quvchilar orasida faqat birinchi bo‘lganligini alohida aytib o‘tdi. So‘ngra o‘quvchilarga ma’lumot sifatida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2017-yil 25-yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nomini abadiylashtirish to‘g‘risida” Qarori e’lon qilinganligini, mazkur qaror bo‘yicha Respublikamizning shaharlari, institutlari, zavodlari va ko‘chalariga Islom Karimov nomi berilganligini aytib o‘tdi. So‘zining xotimasida barcha yoshlarni agarda Islom Karimovning munosib izdoshi bo‘lishga harakat qilmoqchi bo‘lsa, u qoldirgan ma’naviy meros - ya’ni uning asarlarini o‘rganish orqali bunga erishish mumkinligiga chaqirdi.
Tadbir yakunida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Ilyosov akademik litseyning kirish qismidagi katta zalda “I. Karimov xotirasi burchagi” tashkil qilinganligini va barcha o‘qituvchi-xodimlar va o‘quvchilar I. Karimov xotirasini yod etib, uning portreti poyiga gul qo‘yishlari to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.
Tadbir I. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini e’lon qilishi jarayonidagi otashin nutqi eshittirilishi bilan nihoyasiga yetdi.
Soat 11:00 da akademik litsey o‘quvchilari bilan Islom Karimovning hayot yo‘li va ilmiy va siyosiy faoliyati xususida uchrashuv o‘tkazish maqsadida Namangan Davlat Universitetining Tarix kafedrasi o‘qituvchilari Mansurjon Mahmudov, Nasriddinov Shukrillo va Asqarov Mirzohid va Fizika kafedrasi katta o‘qituvchisi A’zamjon Nabiyevlar tashrif buyurib, akademik litsey o‘quvchilari bilan NamDU qoshidagi akademik litseyning 1-binosida tashkil qilingan “Islom Karimov xotirasi burchagi” oldida o‘quvchilarga Islom Karimovning ilmiy faoliyatiga doir ma’lumotlarni berdi. Shundan so‘ng o‘quvchilar guvohligida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov poyiga gul qo‘yishdi.
So‘ngra NamDUning o‘qituvchilari guruhlarga tashrif buyurib, o‘quvchilar bilan “Islom Karimov - davlat va siyosat arbobi” mavzusida jonli muloqot o‘tkazdilar. Muloqot jarayonida o‘quvchilar tomonidan berilgan turli savollarga NamDU o‘qituvchilari tomonidan ijobiy javoblar berildi. O‘quvchilar uchrashuvdan yetarlicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Soat 13:30 da akademik litsey Sport zalida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan Jismoniya tarbiya fani o‘qituvchilari tashabbusi bilan sport musobaqalariga start berildi. Unda sportning “Arm resling”, “Shaxmat-shashka” turlari bo‘yicha qizlar va yigitlar o‘rtasida qizg‘in bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Ilyosov

O'qilgan: 484 marta So'ngi o'zgartirish: Dushanba, 06 Fevral 2017 14:27

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.