wrapper

Yangiliklar

Dushanba, 06 Fevral 2017 00:00

Namangan viloyati o‘lkani o‘rganish muzeyida 30 yanvar kuni - O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi

Joylashtirdi: 

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavvalud topgan kun - 30 yanvar sanasini tantali nishonlashga Respublikamizning barcha hududlarida katta e’tibor qaratilmoqda. Shu jumladan, Namangan viloyat o‘lkani o‘rganish muzeyi ham mazkur sana munosabati bilan alohida tayyorgarlik ko‘rib borildi

Tadbirni Namangan viloyat o‘lkani o‘rganish muzeyi tarix bo‘limi mudiri   Latifa Axmadaliyeva olib bordi. Dastavval barcha ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. Karimovning shaxsan 1991-yil 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasini mustaqil deb e’lon qilganligi eshittirildi va O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi yangradi.
Shundan so‘ng L. Axmadaliyeva so‘zga chiqib, so‘zining avvalida bugungi kun munosabati bilan Islom Karimovning yorqin xotirasi uchun barcha yig‘ilganlarni bir daqiqalik sukut saqlashga chaqirdi. So‘ngra so‘zini davom ettirib, bugun O‘zbekiston tarixida unutilmas kunligini, ana shunday muborak kunlar bundan keyin ham ko‘proq bo‘lishini, Islom Karimovdek insonlar dunyoga juda ko‘plab kelishini tilak bildirdi. Islom Karimovning bugungi O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni, mamlakatning kelajagi yo‘lida tutgan o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng so‘z Namangan viloyat o‘lkani o‘rganish muzeyi direktori I. Yusupov berildi. U o‘z so‘zini bugungi farovon va tinch-omon kunlarmizning asosiy sababchisi aynan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ekanligini alohida ta’kidlab o‘tishdan boshladi. U o‘z so‘zida barcha O‘zbekiston xalqini juda baxtli insonlar qatoriga qo‘shishini, chunki aular ana shunday davlat va siyosat arbobi bo‘lgan Islom Karimovdek inson bilan zamondosh bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lganliklarini aytib o‘tdi. Endi barchamiz birgalikda Islom Karimovning boshlagan ezgu ishlarini davom ettirishimiz lozimligini, yoshlar faqat bilim olish va izlanish bilan bunga javob qaytarmog‘i shartligini qayd etib o‘tdi.
Shundan so‘ng so‘z Namanagan Davlat Universiteti dotsenti B. Isaqov berildi.
U o‘z so‘zini Islom Karimovning siymosiga nazar solish bilan boshladi. Islom Karimovga davlat rahbari bo‘lish ilohiy taqdir sifatida bitilgani, aks holda bunday buyuklikka erishish mumkin emasligini ta’kidlab o‘tdi. Islom Karimovni hamisha buyuk xosiyatli taqdir qo‘llab-quvvatlab turishini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir I. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini e’lon qilishi jarayonidagi otashin nutqi eshittirilishi bilan nihoyasiga yetdi.
Tarix kafedrasi o‘qituvchisi M. Maxmudov.

O'qilgan: 344 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.